BIOLOGIK JARAYONLAR TERMODINAMIKASI
Reja
1. Termodinamik jarayonlar va tizimlar
2. Tirik organizmlar ochiq temiodinamik tizimlar
3. Biologik tizimlarda energiyaning saqlanish qonuni
Organizmda moddalar almashinuvi energiyaning bir turdan ikkinchi turga o‘tish jarayonlari bilan birga davom etadi. Energiya va moddalar almashinuvi hayo’l faoliyatining asosida yo’lgan yagona jarayondir. Tirik organizm oziq moddalaming kimyoviy energiyasini sarflaydi va energiyaning shu turini organizm tomonidan bajariladigan barcha ish jarayonlari energiyasiga aylantirib ortiqcha miqdordagi issiqlikni tashqariga chiqaradi.Terruodinamika - energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘tishini, ya’ni energiya transformasiyasini o‘rganadigan fizikaning bo’limidir. Termodinamik tizim deyilganda ichida ro'y beradigan jarayonlami o‘rganib chiqish osonroq bo’lishi uchun atrofdagi fazodan shartli ravishda ajratib qo‘yilgan jism yoki jismlar yig‘indisi tushuniladi. Tizimning holati esa barcha fizik va kimyoviy xossalarga bog’liq bo’ladiki, bu xossalaming o‘zgarishi tizim holatining o‘zgarishiga oiib keladi. Tizim holatining ana shunday parametrlari jumlasiga harorat T, bosim P, hajm V, massa M, ichki energiya U, konsentrasiya C, entropiya S va boshqalar kiradi. Mana shu parametrlardan birortasi o‘zgarganda tizim holatining o‘zgarishi termodinamik jarayon deb yuritiladi. Tennodinamik jarayon bir qancha kattaliklami ichki energiya o‘zgarishi, erkin energiya o‘zgarishi, reaksiyalaming issiqlik effekti va boshqalami xarakterlab beradi. Tennodinamik tizimlar izohyasiyalangan (alohida) yopiq va ochiq tizimlarga bo’linadi.
Izolyasiyalangan tizimlar shunday tizimlarki, ular tashqi muhit bilan energiya bilan ham, modda bilan ham almashinilmaydi. Ularda energiya va massa o‘zgarmay qoladi. Yopiq tizimlar tashqi muhit bilan faqat energiya almashinib turadigan tizimlardir. Bunday tizimlaming massasi doimiy bo’ladi-yu, lekin energiyasi o‘zgarib turishi mumkin. Atrofdagi muhit harorati ko‘tarilganda atrofdan issiqlik oladigan muhit harorati pasayganda esa issiqlik chiqaradigan har qanday jismni yopiq tizim deb qarash mumkin, yopiq tizim unga tashqi muhitdan o‘tgan energiya hisobiga yoki o'zining ichki energiyasi hisobiga isli bajaradi.
Ochiq tizimlar - boshqa tizimlar bilan modda ham, energiya ham almashina oladigan tizimlardir, ya’ni bunday tizimlarda massa ham energiya ham o‘zgarib turadi. Tirik organizmlar ochiq temiodinamik tizimlar jumlasiga kiradi, chunki ulaming o‘ziga xos xususiyati atrofdagi muhit bilan modda va energiya almashinib turadi. Biroq tirik organizmlami faqat ochiq tizimlar deb qarash uncha to‘g‘ri emas, chunki ular beshta asosiy belgisi bilan boshqa ochiq tizimlardan farq qiladi:
tirik organizmlar oqsil jismlaming tirik organizmda tashkil
qiluvchi boshqa moddalar bilan birgalikda alohida yashash shaklidir;
ular o‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyatiga ega;
tirik organizmlar o‘z-o‘zidan rivojlanish qobiliyatiga ega;
tirik tizimlarda polyarizasion sig‘imning mavjudligi;
tirik tizimlar molekulalarining disimmetrikligi.
Tirik organizmlarda ro‘y berib turadigan energetik jarayonlar ham xuddi tirikmas tizimlarda bo’ladigan energetik jarayonlar singari termodinamikaning umumiy qonunlariga bo‘ysunadi. Termodinamika energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanish jarayonlariga bo‘ysunadigan asosiy qonunlarini belgilab beradi.
Termodinamika jismlaming mikroskopik tuzilishini hisobga olmagan holda, ular orasida energiya almashinuvi mumkin bo’lgan tizimlami qarab chiquvchi fizika bo‘limidir. Termodinamik tizimning holati asosan bosim, hajm, harorat kabi fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Shu sababli umumiy holda f(PVT) = 0 termodinamik tizimning holat tenglamasi deyiladi. Tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishiga termodinamik jarayon deyiladi. Energiya bir jismdan ikkinchi jismga ikki xil usulda o‘tadi, ya’ni ish bajarganda va issiqlik almashganda.
Agarda termodinamik tizim tashqi muhit bilan modda alma- shinuviga (energiya va impuls) ega bo’lsa, bunday tizimga ochiq termo-dinamik tizim deyiladi.
Agar termodinamik tizim tashqi muhit bilan modda almashmasa, bunday tizimga yopiq termodinamik tizim deyiladi.
Agar tizimga berilgan energiya va sarf bo’lgan energiya o‘zaro teng bo’lsa, bu holga issiqlik muvozanati holati deyiladi.
Har bir oziq- ovqatning kalloriyaligi mavjud: Masalan, oqsil 24,3 MJ/kg, uglevodlar 17,6 MJ/kg, yog’lar 38,9 MJ/kg. Ana shular hisobida organizmda issiqlik muvozanati saqlanadi. 6.1 - jadvalda odam organizmi issiqlik muvozanatini keltiramiz.
|
Issiqlik kelishi
|
Qk J
|
Issiqlik sarfi
|
Q kJ
|
Oqsil(56,8 g)
|
993
|
Issiqlik chiqishi
|
5757
|
Yog‘lar(140 g)
|
5476
|
Gaz chiqarish
|
180
|
Uglevodlar (79,9)
|
1404
|
nafas chiqarish
|
758
|
|
|
tanadan bug‘-lanish
|
951
|
|
|
turli tuzatishlar
|
46
|
Jami
|
7873
|
Jami
|
7788
|
Biologik tizimlarda energiyaning saqlanish qonuni
Biologik tizimlar ochiq tizimga kiradi, chunki tashqi muhitdan qabul qilingan mahsulo’l hisobiga organizm rivojlanadi va yashaydi, ya’ni modda almashinuvi doimo yuz berib turadi. Umuman, tirik organizm stasionar holatda bo‘lmaydigan rivojlanuvchi tizimdir. Ammo odatda kichik vaqt oralig‘ida biologik tizimlar holatini stasionar holat deb olish mum kin. Stasionar holatda bo’lganda tizimning turli qismlaridagi parametrlaming qiymatiari odatda bir- biridan farq qiladi: odam tanasining turli qismlari harorati, biologik membrananinng turli qismlaridagi diffiiziyalanuvchi molekulalar konsentrasiyasi va hokazolar. Shunday qilib, tizim ayrim parametrlarining gradiyenti doimiy tutib turiladi, shu sababli kimyoviy reaksiyalar o‘zgarmas tezlik bilan o‘tishi mumkin. har qanday real termodinamik tizim ochiq tizimdir, lekin ma’lum vaqt oralig‘ida ideal model yopiq tizim deb olish mumkin. Yopiq tizimning atrofidagi jismlar bilan o‘zaro ta’sirini batafsilroq qarab chiqamiz. Issiqlik jarayonlari uchun energiyaning saqlanish qonuni termo-dinamikaning birinchi qonuni kabi ta’riflanadi.
Tizimga berilgan issiqlik miqdori tizimning ichki energiyasining o‘zgarishiga va tizim bajaradigan ishga ketadi.
Q ~ AU + A (6.1)
Biz tizimning ichki energiyasi deganda, uni tashkil etuvchi zarrachalaming kinetik va po’lensial energiyalari yig‘indisi tushuniladi. Ideal gaz molekulalari o’zaro ta’sirlashmaydi, shuning uchun uning po’lensial energiyasi nolga teng. U holda U =E bo’ladi. Ichki energiya tizimning holat funksiyasi bo’lib, berilgan holat uchun ma’lum qiymatga ega bo’ladi,
AU = U2 -U, (6.2)
Issiqlik miqdori va ish holat funksiyasi emas, balki jarayon funk- siyasidar. Shu sababli AU issiqlik miqdori A siz yoziladi.
Q va A ning juda kichik qiymatlari uchun
dQ = dU + dA (6.3)
Agar gaz har biri i erkinlik. darajasiga ega bo’lgan molekulalardan iborat bo’lsa, u holda ichki energiya
U=l-RT = CVT (6.4)
Bunda Cv = 1 R o‘zgarmas hajmdagi issiqlik sig‘imi. R -
universal gaz doimiysi. Izojarayonlar uchun termodinamikaning birinchi qonuni tadbiq etilsa, agarda V = const bo’lganda, ya’ni gaz hajmi o‘zgarmasa, u ish bajarmaydi. Demak, (6.3)ni Q = AU yoki dQ = dU ^
yuqoridagi kabi yozish mumkin, ya’ni izohorik jarayonda gazga berilgan issiqlik miqdori, uning ichki energiyasining oshirishga sarflanadi. Agarda P —const, bo’lsa, ya’ni izoharik jarayonda tenglama ko‘rinishi (6.3) formula kabi bo’ladi. Agar T = const
ya’ni izohermik jarayonda Q — A yoki dQ = dA bo’ladi. Tashqi
muhit bilan issiqlik almashmasa, ya’ni dQ - O adiabatik jarayonda bajarilgan ish ichki energiya o‘zgarishi hisobiga bo’ladi.
0 = A + AU yoki A — —AU dA = —dU o‘zgarmas hajmdagi issiqlik sig’lmidan tashqari Sr issiqlik sig‘imi ham mavjud bo Tib, ular orasida oddiy munosabat bor, ya’ni bunga Mayer tenglamasi deyiladi.
Cp = Cv +R (6.6)
Energiyaning saqlanish qonuni hisoblangan termodinamikaning birinchi qonuni jarayonlarning borishi mumkin bo’lgan yo‘nalishlami ko‘rsatmaydi. Masalan, termodinamikaning birinchi qonuniga binoan issiqlik almashinishda issiqlikning issiqroq jismdan sovuqroq jismga o‘z-o‘zidan o'tishi mumkin bo’lganidek, buning teskarisi, issiqlikning sovuqroq jismdan issiqroq jismga o‘tishi mumkin. Lekin kundalik hayo’lda ikkinchi
jarayon o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Masalan, xona ichidagi havoni sovitish hisobiga choynakdagi suv o‘z-o‘zidan isimaydi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni shu savollarga javob beradi. Termodinamika ikkinchi qonunning bir qancha ta’riflari mavjud.
Klauzius ta’rifi: issiqlik o‘z-o‘zidan harorati past jismdan harorati yuqori bo’lgan jismga o‘ta olmaydi.
Tomson ta’rifi: ikkinchi tur abadiy dvigatel bo’lishi mumkin emas, ya’ni bir jismning sovishi hisobiga issiqlikning ishga aylanishi mumkin bo’lgan yagona davriy jarayon bo’lishi mumkin emas.
Issiqlik mashinasida berilgan issiqlik miqdori hisobiga ish bajariladi, lekin bunda issiqlikning bir qismi albatta sovutgichga o‘zatiladi.
Issiqlik mashinasining foydali ish koeffisiyenti kuyidagi formula bilan hisoblanadi.
Jarayon yoki ko‘chishga bog’liq bo’lmagan fizik xarakteristikalar odatda tizimning vaziyatiga yoki boshlang‘ich va oxirgi holatiga mos keluvchi biror fanksiya ikki qiymatining ayirmasi kabi ifodalanadi. Qaytuvchi jarayon uchun keltirilgan issiqlik miqdorining yig‘indisini tizim holatining entropiyasi deb ataluvchi biror funksiya ikki qiymatining ayirmasi kabi ifodalash mumkin:
Bu yerda S2 va Sl tizimning oxirgi va boshlang’lch holatlariga mos keluvchi entropiyasi. Shunday qilib, entropiya tizimning holat funksiyasi bo’lib, ikki holat uchun entropiya qiymatlarining ayimrasi tizimning bir holatidan boshqa holatiga qaytuvchi o‘tishlaridagi keltirilgan issiqlik miqdorlarining yig’lndisiga teng. Molekulyar- kinetik nazariya bo‘yicha entropiya tizim zarralari tartibsizligining o’lchovi deb olish mumkin. Tizimdagi tartibsizlik miqdoran termodinamikaviy ehtimollik Wmap bilan xarakterlanadi.
Bolsman entropiyaning termodinamikaviy ehtimollikning logarifmiga proporsional ekanini aniqladi:
k — Bolsman doimiysi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni birinchi qonunni to’ldirgani kabi, entropiya ham energiya tushunchasini to’ldiradi. Ochiq tizimning holati termodinamik muvozanatda tekshiriladi. Agarda tennodinamik tizimning holati muvozanat holatidan ozgina farq qilsa, uni xuddi muvozanat holatidagiday parametrlar bilan xarakterlash mumkin. Bun day tizimning tartibsizlik darajasi entropiya bilan aniqlanadi. Ochiq tizimning entropiyasi muvozanat bo’lmagan holatda tizimga energiya va modda kelishi munosabati bilan entropiyasi oshadi. Termodinamikaning ikkinchi asosiga binoan yopiq izohyasiyalangan tizim entropiyasi oshib boradi va
o‘zining maksimumiga intiladi. Ochiq tizimda esa doimiy entropiyali turg‘un holat bo’lishi mumkin. Organizm - turg‘un tizim uchun dS = O, S = const, dS;-)0, dSe(0deb yozish mumkin. Bunda dSi- tizimdagi qaytmas jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan entropiyaning o‘zgarishi dSe- tizimning tashqi muhit jismlari bilan ta’sirlashuvi tufayli yuzaga kelgan entropiyaning o‘zgarishi quyidagicha hisoblanadi.
dS = dSi + dSe yoki dSe = dS - dSi(0 (6.10)
Bu esa tizimga o‘tayo’lgan mahsulo’ldagi (modda va energiya) entropiya tizimdan chiqayo’lgan mahsulo’ldagi entropiyadan kichik ekanligini bildiradi.
Prigojin turg‘un holat uchun entropiyaning minimumi hosil bo’lish prinsipini ta’riflab, ayrim funksiyalaming ekstremal qiymatlarini ko'rsatdi.
Organizm atrof-muhit entropiyasi izohyasiyalangan tizimdagi kabi ortib boradi, ammo bunda organizmning entropiyasi o'zgarmas saqlanib qoladi. Entropiya tizim tartibsizligining o’lchovidir. Shu sababli organizmning tartibliligi atrof-muhit tartibliligining kamayishi hisobiga saqlanadi.
Ayrim kasalliklar holatlarida biologik tizimlar entropiyasi oshishi mumkin (dS)O), bu turg‘un holatning bo’lmasligi tartibsizlikning yo‘qligi bilan bog’liq. Masalan, rak kasalliklarida hujayralaming tartibsiz ravishda ko‘payib ketishi yuz beradi.
(6.10) ifodani quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin.
Bundan quyidagi xulosa chiqadi; atrof-muhit entropiyasining
o‘zgarishi organizmning turg'un holati saqlanib qolgan holda ham
minimumga ega. Tirik tizimlar (hujayra, a’zolar, organizm) ishlab
turishiing asosi - diffuzion jarayonlar biokimyoviy reaksiyalar,
osmo’lik hodisalaming va hokazo shunga o‘xshash jarayonlaming
yuz berishi sharoitida turg‘un holatini quwatlab turishidan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |