5-rasm. Gaz holatini adiabatik jarayonda o‘zgarishining Pv - va Ts - diagrammalari
Ish moddasi tashqi muhit bilan issiqlik almashmagan holda kechadigan termodinamik jarayon adiabatik jarayon deyiladi. Jarayonning egri chizig‘i adiabata deyiladi (4.5-rasm).
Tashqaridan tizimga issiqlik uzatilmaydi va undan chiqarilmaydi, ya’ni dq=0. Real sharoitda real jarayonlar muvozanatda bo‘la olmaydi, shuning uchun adiabatik jarayon bo‘lishi mumkin emas.
Ammo tez kechadigan jarayonlarni adiabatik jarayon deb qarash mumkin.
Tashqaridan tizimga kiritilgan issiqlik miqdori dqA=0 bo‘lganligi uchun, shu tizim entropiyasining o‘zgarishi ds=dqA/T=0 bo‘ladi. Demak, tizimda kechadigan jarayon adiabatik bo‘lsa, bunday termodinamik tizimning entropiyasi o‘zgarmasdir, ya’ni s=const. Adiabata tenglamasini keltirib chiqaraylik. Termodinamikaning birinchi qonuni tenglamasidan dq=0 bo‘lganda:
cpdT-vdp=0 va cvdT+pdv=0.
Birinchi tenglamani ikkinchisiga bo‘lib, quyidagini hosil qilamiz:
yoki
Politrop jarayon
Tizim (ideal gaz) ning solishtirma issiqlik sig‘imi (c=const) o‘zgarmas bo‘lgan termodinamik jarayon politrop jarayon deyiladi. Jarayon egri chizig‘i politropa deyiladi (6-rasm). Termodinamik jarayon ta’rifidan ko‘rinib turibdiki, asosiy termodinamik jarayonlar: izotermik, izoxorik, izotermik va adiabatik jarayonlar o‘zgarmas sig‘imda kechsa, ular politrop jarayonning xususiy holi bo‘ladi.
Politrop jarayonning issiqlik miqdori jarayon issiqlik sig‘imi c va boshlang‘ich hamda oxirgi holat temperaturalari farqi t1-t2 ko‘paytmasi orqali ifodalanishi mumkin.
q=c(t2 – t1) va dq=cdt (29)
Politrop jarayonning tenglamasini termodinamikaning birinchi qonuni tenglamasidan keltirib chiqarish mumkin:
dq=cdt= cpdT –vdp va dq=cdT=cvdt+pdv
shu tenglamalardan:
(c-cp) / (c-cv)= –vdp/pdv
Tenglamaning chap tomonini n deb belgilasak, quyidagini hosil qilamiz:
(c-cp) / (c-cv)=n va ndv/v=-dp/p
Dostları ilə paylaş: |