O‘zgarmas bosim ostida kechadigan termodinamik jarayonlarga izobarik jarayon (p=const) deyiladi. Jarayonnng grafigi 2-rasmda tasvirlangan.
Jarayon egri chizig‘i izobara deb aytiladi. Har ikkala holat uchun jarayonning holat tenglamalarini yozamiz:
p1v1=RT1; p2v2=RT2
p=const uchun
v1/v2=T1/T2 (7)
Bundan shu narsa kelib chiqadiki, gaz temperaturasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning solishtirma hajmi shunchalik katta bo‘ladi (ya’ni zichligi shunchalik kichik bo‘ladi).
Izobarik jarayonda tizimning kengayish ishi quyidagi tarzda aniqlanadi:
(8)
yoki
(9)
Oxirgi tenglamadan ko‘rinib turibdiki, agar T=1 bo‘lsa, p=R bo‘ladi.
2-rasm. Gaz holatini izobarik jarayonda o‘zgarishining Pv - va Ts – diagrammalari
Shundan ko‘rinib turibdiki, agar temperaturalar farqi 1 bo‘lsa, universal gaz doimiysi izobarik jarayonda tizimning bajargan ishini tavsiflar ekan.
Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonunini (p=const, yoki dp=0) yozamiz:
dqp=cpdt=dh (10)
Demak, izobarik jarayonda tizimga keltirilgan issiqlik miqdori (p=const) quyidagiga teng:
(11)
Sig‘im o‘zgaruvchan bo‘lsa:
(12)
Izobarik jarayonda tizimga uzatilgan issiqlik miqdori entalpiyaning o‘zgarishiga teng ekan. Demak, izobarik jarayonda termodinamik tizimga uzatilgan issiqlik miqdori asosan shu tizim ichki energiyasining ortishiga va oz qismi tashqi mexanik ish bajarishga sarf bo‘lar ekan.
Izobarik jarayon uchun sig‘im o‘zgarmas bo‘lganda entropiyaning o‘zgarishi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
s2-s1=cplnT2/T1-Rlnp2/p1
lekin, p=const uchun ln p2/p1=0.
Shuning uchun
(13)
Dostları ilə paylaş: |