3-rasm. Izoxorik va izobarik
jarayonlarning Ts-
diagrammasi
(6) va (13) tenglamalarni taqqoslashdan ko‘rinib turibdiki, agar temperaturalar T1 dan T2 gacha o‘zgarganda sp>s v bo‘ladi, chunki sp > sv.
Shu sababli izoxora grafigi izobaraga nisbatan tikroq bo‘ladi (3-rasm).
Demak, termodinamik tizimlarga bir xil miqdorda issiqlik energiyasi berilsa ham, entropiyaning o‘zgarishi izoxorik jarayonda izobarik jarayonga nisbatan tezroq o‘zgaradi.
Izotermik jarayon
O‘zgarmas (T=const) temperaturada sodir bo‘ladigan termodinamik jarayon izotermik jarayon deyiladi. Boyl-Mariott qonuniga asosan T=const. Izotermik jarayonning Pv koordinatalari diagrammasi giperboladan, Ts –koordinatadagi diagrammasi obtsissa o‘qiga parallel chiziqdan iborat (4-rasm).
Tizim xolatlarining tenglamalarini quyidagicha yozish mumkin.
p1v1=RT1; p2 2=RT2.
T=const bo‘lganligi uchun T1=T2.
Boyl-Mariott qonunining ifodasi tizim holat tenglamalarining nisbatidan topiladi.
p1/p2=v2/v1 yoki p1v1=p2v2…pnvn=const (14)
Demak, o‘zgarmas temperaturadagi berilgan gaz massasi bosimining hajmiga ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir.
Jarayonning ishini gazning kengayish ishi orqali aniqlash mumkin.
4-rasm. Gaz holatini izotermik jarayonda o‘zgarishining Pv - va Ts - diagrammalari
Gazning holat tenglamasidan p=RT/.
U holda
(15)
Termodinamik tizimga uzatilgan issiqlik miqdorini termodinamikaning birinchi qonunini yozib, uning tahlilidan aniqlaymiz.
dqT=cvdt+pdv
Izotermik jarayonda T= const bo‘lganligi uchun dT=0. Shu sababli du=cvdt ekanligidan, izotermik jarayonda ichki energiyaning o‘zgarishi nolga teng, ya’ni
du=0 (16)
Demak, tizimga uzatilgan issiqlik miqdori tashqi ta’sir kuchiga qarshi mexanik ish bajarishga sarflanadi.
dqT=d (17)
Issiqlik miqdori Ts-diagrammada balandligi T va asosi st ga teng to‘rtburchak yuziga teng, ya’ni qT=Ts. Izotermik jarayonda entropiyaning o‘zgarishini quyidagi formuladan aniqlanadi.
(18)
U holda
(19)
Dostları ilə paylaş: |