Reja: Terrorizmning kelib chiqishi va uning tarqalish jarayonlari



Yüklə 51,72 Kb.
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü51,72 Kb.
#119462
1   2   3
falsafa.


Yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan halqaro jinoiy uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy homiy davlatlar qo`llab - quvvatlab turadilar;


2. Siyosiy terrordan diniy yoki g`oyaviy asoslari ustun bo`lgan terrorizmga aylanishi;
3. Terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan, Afg`onistonga ko`chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo`lgan mintaqalardan joy qidirishi;
4. Moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan jinoyachilik va noqonuniy savdo-sotiq kabi manbaalaridan foydalanishi.
Bularning ichida halqaro terrorizmning eng asosiy va havfli hususiyatlaridan biri, "zo`rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi, parokandalikka olib keladi" - degan g`oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda siyosiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga harakat qilinadi.
Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng avvalo, qurbonlardan ko`ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg`otishga yo`naltirilgan zo`rlik" deb baholaydi.
Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J. Lonsning ta’rifiga ko`ra, terrorizm bevosita qurbonlardan ko`ra ko`proq odamlar fikriga ta’sir o`tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.
Demak, har bir terrorchilik hurujining maqsadi - davlat to`ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga asoslanadi. Jahonda[tahrir | manbasini tahrirlash]


Erondagi Sistan, Belujiston va Gʻarbiy Ozarbayjon viloyatlarida uchta terroristik guruh yoʻq qilindi va 21-mart kuni Saravondagi teraktni sodir etganlar hibsga olindi. Sistan va Belujistondagi guruh aʼzolari boshqa mamlakatda harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan va guruh rahbarligida jinoyat sodir etgan „Jaysh al-Adl“ terroristik guruhiga aloqador boʻlgan. Guruh yetakchisidan ikkita avtomat, shuningdek, bomba tayyorlash uchun baʼzi qurol va materiallar topilgan. Bayonotda uning avval giyohvand moddalar savdosi va qotillik bilan shugʻullangani keltirilgan. Gʻarbiy Ozarbayjonni talon-toroj qilish va terroristik harakatlarni amalga oshirish maqsadida bostirib kirgan qurolli guruh ortidan kuzatuv amalga oshirilgan va Urmiya bilan chegaradosh mintaqadagi qurolli toʻqnashuvdan soʻng ulardan ikkitasi oʻldirilgan, bittasi esa qochib ketgan[2].
Yaqin o‘tmishga nazar solsak, XXI asr boshida AQSHda Al-Qoida tomonidan amalga oshirilgan terroristik hujumdan so‘ng diniy motivlar asosidagi terrorizm millatchilik ruhidagi separatizmdan o‘zib ketdi va dunyoda sodir etilayotgan terroristik harakatlarning drayveriga aylandi.
«The Guardian» gazetasining 2014 yilda taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2001 yil 11 sentyabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan hujumlardan so‘ng J.Bush ma’muriyati tomonidan boshlangan «Terrorga qarshi urush» natijasida Iroq, Afg‘oniston va boshqa hududlardagi operatsiyalar uchun 4.4 trillion dollar sarflaganiga qaramay terrorizm xavfi yo‘qolmagan...
Qayd etish joizki, nafaqat AQSH, balki dunyo mamlakatlarining terrorizmga qarshi global kurash olib borishlariga qaramay, uning xavfi kamaymadi, aksincha barqaror sur’atda o‘sib bormoqda...
17958 NAFAR QURBON
"The Global Terrorism Index" ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil terrroristik harakatlar oqibatida qurbon bo‘lganlar 3361 nafarni tashkil etgan. 2013 yilga kelib halok bo‘lganlar soni 17958 nafarga yetgani qayd etgan.
2014 yil Abu Bakr al-Bag‘dodiy tomonidan Iroq va Suriya hududlarida xalifalik tashkil etilishi terroristik harakatlarni navbatdagi yangi to‘lqini boshlanganidan darak berdi. Xalifalik asosida boshqarilishi da’vo qilingan ushbu kvazi-davlatni biror siyosiy yoki diniy tashkilot tan olmadi. Biroq, mazkur harakat a’zolarining g‘oyalari va ularning buzg‘unchi harakatlari ko‘plab mamlakatlar xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
So‘ngi o‘n yillikda dunyo hamjamiyatini diniy aqidalar asosidagi terrorizmga qarshi kurashi ayrim mintaqalarda natija bera boshlagani haqida OAVda tahliliy ma’lumotlar berila boshladi.
Xususan, G‘arbda 2021 yilda diniy motivlar asosidagi terroristik harakatlar 82 foizga kamayib mazkur hududda siyosiy terrorizm ko‘rsatkichlari 73 foizga ortib, diniy terrorizmni ortda qoldirgani ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, 2021 yil tahlillariga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida ham terroristik harakatlar soni keskin kamaygani kuzatilgani, mintaqada 2020 yil 7 marotaba teraktda 7 kishi qurbon bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil 1 ta terakt natijada ikki kishining o‘limi qayd etilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, so‘ngi to‘rt yil ichida terroristik hujumlardan halok bo‘lganlar soni qisqarib, har yili 99 nafarga kamayib borgani, mintaqadagi 12 davlatdan 9 tasida, jumladan, O‘zbekistonda ham so‘ngi besh yil ichida terroristik hujumlar qayd etilmaganligi xabar berildi.

ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi. ekstremizm bag'rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna soladi.
Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar etkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Shu nuqtai-nazardan, jamiyatda diniy asosda nizolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik, dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat va jamiyatning oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg'otayotgan omilga aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina enga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir.
ekstremizm va terrorizm illatining so'nggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko'rsatadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ham bu masala yuzasidan: “Ayni vaqtda dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda” deb so'zlaganlar.
Ta'kidlash joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev jahon hamjamiyati e'tiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni BMT preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda, shuningdek, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida ta'minlash mumkin ekaniga, xavfsizlikka tahdidlarni “o'ziniki va o'zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga qaratmoqda.
O'zbekiston ekstremizm va terrorizm tahdidlari va zararlarini boshidan kechirgan mamlakat hisoblanadi. Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning sabablarini oldini olish bo'yicha jahon hamjamiyatiga namuna bo'la oladigan darajada o'ziga xos tajriba shakllangan.
Respublikamizda Prezidentimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida jahon hamjamiyati uchun namuna bo'lishi mumkin bo'lgan samarali ishlar qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  1. To'g'ri yo'ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sog'lom hayotga qaytarish maqsadida mazkur shaxslar bilan keng jamoatchilikni jalb etgan holda tushuntirish-profilaktika ishlarini tizimli tashkil qilish, ularni maxsus ro'yxatdan chiqarish bo'yicha mexanizm yaratildi. Mazkur mexanizmning samarasi sifatida aqidaparastlik g'oyalari ta'siriga tushgan 16 mingdan ziyod fuqarolarning ichki ishlar organlarining maxsus hisobidan chiqarilishi jamiyatda katta ijobiy rezonans berdi.

  2. Yoshlarni ilm-ma'rifatga o'rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini etkazish, ma'rifiy islom ta'limoti, buyuk ajdodlarimizning ulkan ma'naviy merosini chuqur o'rganish, jamiyatda diniy va milliy bag'rikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda aqidaparast g'oyalarga nisbatan mustahkam ma'naviy himoya qobig'i shakllantirish maqsadida Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Samarqandda hadis va kalom ilmi maktabi, Buxoroda tasavvuf maktabi, Qashqadaryoda aqida maktabi, Farg'onada islom huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi. Shuningdek, Davlat Rahbari darajasida respublikada mavjud diniy konfessiya rahbarlari bilan muloqotlar uyushtirilib, barcha din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

  3. Har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining diniy ekstremizmga qarshi kurash, millatlararo va konfessiyalararo hamkorlikni yanada kuchaytirishga yo'naltirilgan kompleks tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla yig'inlarida, aholining turli qatlamlari orasida ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o'tkazish yo'lga qo'yilgan.

  4. Aqidaparastlik g'oyalari tarqalishini oldini olish uchun OAV va boshqa axborot etkazish vositalaridan samarali foydalanishga urg'u berilmoqda. Xususan, “Diniy ekstremizm – kelajakka tahdid”, “ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi”, “Ogoh bo'ling “Sekta”, “Din niqobi ostidagi axborot xurujlari” nomli bukletlar tayyorlanib, mahallalarga, turli vazirlik, tashkilot va idoralar orqali aholiga etkazilmoqda.

  5. Xorijdagi mehnat migrantlari, talabalar va vaqtincha istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish yuzasidan zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning taniqli ulamolari Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Ekaterinburg, Novosibirsk va Qozon shaharlari, Chuvash Respublikasi, Sibir o'lkasi, Sverdlovsk va Omsk viloyatlariga Ukrainaning Kiev shahriga xizmat safariga yuborilib, mazkur tashriflar davomida o'tkazilgan diniy-ma'rifiy uchrashuvlarda ma'rifiy islom ta'limoti hamda hozirda buzg'unchi oqimlar tomonidan noto'g'ri talqin qilinayotgan “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” kabi tushunchalarning asl mohiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda.


Yüklə 51,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin