Reja: Terrorizmning kelib chiqishi va uning tarqalish jarayonlari



Yüklə 51,72 Kb.
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü51,72 Kb.
#119462
1   2   3
falsafa.





O‘zbekistonda terrorizmga qarshi kurashishning o‘zbek modeli, avvalambor, huquqiy va siyosiy madaniyatni, maʼnaviy va diniy maʼrifatni oshirish orqali odamlar ongi, birinchi navbatda, yoshlar ongini oshirish uchun kurash sifatida tushuniladi. Ijtimoiy reabilitatsiya, ekstremistik g‘oyalar taʼsiri ostida bo‘lgan va o‘z xatolarini anglaganlarning normal hayotga qaytishi bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar ham ijobiy natijalarni bermoqda.
Mamlakatda yangi - terrorologiya fani shakllanmoqda, ushbu global hodisalar tahliliga bag‘ishlangan qator monografiyalar, risolalar va maqolalar nashr etilmoqda, dissertatsiyalar himoya qilinmoqda. Ularda o‘zbek modelining mazmun-mohiyati, mazkur makon va zamon tanlamas illatga qarshi kurashishda davlat organlari va jamoatchilik tajribasi har tomonlama ko‘rib chiqilgan.
Bu boradagi milliy va xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirish orqali samarali profilaktik chora-tadbirlarni belgilash, terrorizm va ekstremizmning oldini olish, ularni moliyalashtirish manbalari va kanallariga barham berish davlat Xalqaro terrorizm va ekstremizm kabi global hodisalarga qarshi ziyolilar, olimlar, diniy taʼlimot mutaxassislarining kurashi faollashgani jaholatga qarshi maʼrifat bilan javob qaytarishning muhimligini tasdiqlaydi.
2020 yilda Global terrorizm indeksi (Global Terrorism Index) bo‘yicha tadqiqotlar 135 ta davlatni qamrab oldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ro‘yxatning 134-pog‘onasini egalladi va bir necha yillardan buyon terrorizm xavfi past bo‘lgan yetakchi davlatlar qatoridan joy oldi. Mamlakatimiz bunday natijaga davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining muvofiqlashtirilgan faoliyati, aholi o‘rtasida tizimli profilaktika ishlarini olib borish orqali erishmoqda. Shuningdek, BMT mojaro zonalaridan ayollar va bolalarni o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha o‘zbek modelini ham yuqori baholadi.
siyosatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 iyuldagi farmoni bilan 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, yo‘nalishlari belgilandi. Taraqqiyot strategiyasining 76-maqsadida Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish masalasiga e’tibor qaratilgan. 
Unga ko‘ra, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali davlat siyosati amalga oshiriladi. Xulosa shuki, O‘zbekiston bu kurashda o‘z pozitsiyasiga ega mamlakat sifatida xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni amalga oshiryapti. Ushbu sa’y-harakatlar terrorizmning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgani tufayli O‘zbekiston terrorizm xavfidan xoli, eng xavfsiz mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Biroq mamlakat ichida va tashqarisida diniy radikallashuv xavfining mavjud ekani muammoning sabablarini muntazam tahlil etish va kompleks chora-tadbirlar tashkil etishni taqozo qilmoqda. So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko‘pchilikka ayon haqiqatdir.

Ekstremizm va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yot g‘oyalar ta’sirini oldini olish va ularning ta’siriga tushib qolganlar bilan tizimli ishlash orqali ularning muammolari bartaraf etiladi. 
yoshlarni o‘z safiga chorlayotgan, o‘zini “mujohid” deb tanitayotgan kimsalar tinch aholini qatl etmoqda, ayol-qizlarni xo‘rlab, nomuslariga tajovuz qilmoqda. Norasida bolalarni o‘ldirmoqda. Islomning beshinchi arkoni bo‘lgan haj amalini bajarishga borayotganlarni “toshga sig‘inuvchilar” deb e’lon qilib, ularga tahdid qilmoqda. Dinimiz qiblasi bo‘lgan muqaddas Baytullohni vayron qilishga va’da bermoqda. Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, tuyg‘usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o‘zini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo‘lib qoladi.


https://religions.uz/uz/news/detail?id=443
https://uz.wikipedia.org/wiki/Terrorizm
Rajabova M, Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammolari, Terrorizm, 2003.
Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, Terrorizm, 1997;
Karimov I. A., Terrorizm xavfi toʻgʻrisida, Terrorizm, 2001; Karimov I., Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi oʻz kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bogʻliq. Terrorizm, 2004;
Yüklə 51,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin