Reja: Terrorizmning kelib chiqishi va uning tarqalish jarayonlari



Yüklə 51,72 Kb.
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü51,72 Kb.
#119462
  1   2   3
falsafa.




Reja:
1. Terrorizmning kelib chiqishi va uning tarqalish jarayonlari


2.Jahon miqyosida terrorizmga qarshi kurashish
3. O’zbekistonda terrorizmga qarshi sa’y-harakatlar va ularning natijalari
4.Xulosa. Har bir yaxshi qadam -kelajak uchun foydadir.

Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olishqotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi. Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznesseparatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.
Terrorizmni iqtisodiyot va aholi uchun xavfli oqibatlari. XX asrning ohiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga katta xavf sola boshladi. O`zining niyatini oshkora eta boshladi. Jumladan, Nyu-York (AQSH) shahridagi butunjahon savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ichida er bilan yakson bo`ldi. Shuningdek, Irlandiya va Angliyadagi "UPA", Ispaniyadagi "ETA", Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL- Qoida", "Khamas" kabi er yuzasining turli burchaklaridagi 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari turli ko`rinishdagi qabih ishlarni amalga oshirdilar va hozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha dunyoning turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan.

Ohirgi yillarda terrorchilik uslublari ancha kengayganligi ma’lum. 1970 yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko`proq qo`llanilgan bo`lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus, poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko`plab, tasodifiy kishilarning qurbon bo`lishiga olib keladigan qo`poruvchilikni amalga oshirishga qaratilgan.

Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul undirish bo`lgan bo`lsa, hozirda terrorchilar asosan, xalqaro munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish borasida mo`ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni ko`zlaydilar.

Bugungi kunda terroristik harakatlarning yanada faollashish jarayoni yuz bermoqda. U hozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga aylanib qoldi.

Terrorchilik tashkilotlar o`zlarida mavjud bo`lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib, o`z maqsadiga erishish uchun qonli yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular turli hildagi kimyovimy va biologik qurollardan foydalanishga urinmoqdalar. Ma’lumotlarga qaraganda 200 martadan ortiq shunday qurol va vositalardan foydalanilgan. Jumladan, 1994 yil Yaponiyaning "AVM Cinrico" diniy terroristik tashkiloti tomonidan "zarin" kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. 1995 yilda mazkur terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosi 16- bekatining zararlanishi oqibatida 12 yo`lovchi halok bo`lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bunday zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdiston hududlarida va boshqa davlatlarda qo`llanilib, ko`plab insonlarning o`limiga sabab bo`lgan.

Terroristik guruhlar yovuz harakatlarini amalga oshirishda kishi e’tiborini o`ziga tortmaydigan, kichik hajmli, tashqi tomoni har kuni foydalaniladigan buyumlar ko`rinishidagi narsalardan foydalanmoqdalar (masalan, jomadan, sumka, sellofon paket va boshqalar).

Terroristlar tomonidan qo`llaniladigan qurollarning foydalanish ob’ektlari - odamlar ko`p to`planadigan joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temiryo`l va avtomobil bekatlari, katta binolar, yopiq turdagi konsert va sport zallari, kinoteatrlar, yirik shaharlardagi suv haydash tizimlari, suv omborlari va boshqa ob’ektlar.

Ular ko’proq portlovchi modda va qurilmalardan: fugas, mina, granatalardan foydalanadilar. Terrorchilarni bunday qurollardan foydalanib o`z harakatlarini amalga oshrishlari kuchli ta’sirga kiradi. Chunki, bunday portlovchi qurilmalar har kimning e’tiborini o`ziga tortmaydi va o`zi bilan birga uni olib yurish imkoniyati yuqori bo`ladi. Masalan "o`yinchoq mina", "o`yinchoq qopqonlar" va boshqalar.

Terrorchilarning qo`llayotgan turli ko`rinishdagi portlovchi moddalarning xavfli maydoni quyidagicha:

- granata parchasining tarqalishi 50-100 m;

- mina parchasining uchishi 100-300 m;

- keysning xavfli maydoni 250-300 m ;

- jomadon, sumkaga solingan portlovchi moddaning xavfli maydoni 350-400 m;

- avtomobilga qo`yilgan portlovchi moddaning xavfli maydoni 50-300 m;

- "o`lim belbog`i" ning xavfli maydoni 50-300 m.

Terrorchilar tomonidan keng qo’llanilayotgan qurollardan biri tuproq ostida portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki mina tipidagi portlovchi moddalarni mina izlovchi jihozlar yordamida topish mumkin emas. Chunki bunday tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo`lib, uni faqat saperlarning mahsus tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin. Buni aniqlash jarayoni o`ta xavfli bo`lib, kichik bir hato ham inson hayotiga xavf solishi ehtimoli juda yuqori.

Terroristik harakatlarning hususiyatlari quyidagilardan iborat:

a) terroristik harakatlar qonun ustivor bo`lmagan, o`zaro jipslashmagan, rivojlanish darajasi ancha past bo`lgan hududlarda shakllanadi;

b) birinchi bo`lib o`zi shakllangan, birlashgan hududni o`z tasarrufiga olishga harakat qiladi;

c) ozga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va har qanday homiy yordamini rad etmaydi;

d) tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, materiallaridan, og`zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va yolg`on gaplar tarqatishdan o`z maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadilar.;

e) ular o`zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini tayyorlaydi va o`z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi;

f) ular hozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, terrorizmni "global" muammolarga aylantirishga urinadilar;

g) ular o`zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo`rqitish, vahimaga solish, bo`ysudirish maqsadida ko`proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o`zlarini namoyish etishga urinadilar.
Бундай ташкилот ва террорчилик ҳаракати гуруҳларига жумладан, Saudiya Arabistonning "Al-Qoida", Iordaniyaning "Xamas", Ispaniyaning "Eta", Palestin islom jihoti “Shakaki”, “Abu Nidala” kabilarni ko`rsatish mumkin).
Ayni paytda, terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu hususiyatlar hususida AQSH davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm to`g`risidagi ma’ruzasida ko’rsatib o`tilgan.
Bular quyidagilardan iborat:




  1. Yüklə 51,72 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin