Reja: Texnologik tizimlarning texnik ko’rsatkichlari



Yüklə 122 Kb.
səhifə1/4
tarix12.10.2023
ölçüsü122 Kb.
#154843
  1   2   3   4
Sorbsiya jarayonlarining texnik tizimlari ishonchliligi tahlil qilish.


SORBSIYA JARAYONLARINING TEXNIK TIZIMLARI ISHONCHLILIGI TAHLIL QILISH.

Reja:

1. Texnologik tizim

2. Texnologik tizimlarning texnik ko’rsatkichlari

3. Texnologik tizimlarning ishga yaroqligining tahlili

4. Texnologik tizimning ishga yaroqliligini tahlili

1. Texnologik tizim


Texnologik tizim, ishlab chiqarish korxonasida bironta mahsulotni ishlab chiqarish uchun loyihalangan texnologik marshrut asosida, unga mos ravishda joylashtirilgan, shakl hosil qiluvchi harakatlarni ta’minlovchi, yuklovchi-transportirovkalovchi va boshqa mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan qurilmalardan, ishlov beriladigan detal va kesuvchi asboblardan tashkil topgan bo’lib, biron bir mahsulotni ishlab chiqarishga mo’ljallangan texnologik jihoz va anjomlar to’plamidan iborat bo’ladi.


Bu texnologik tizim birinchi navbatda o’z sifat ko’rsatgichlari bilan tayyorlanadigan ma’sulotlarga qo’yilgan texnik talablarni qanoatlantira olishi shart. Faqat shu mahsulotlar yuqori sifat ko’rsatgichlari bilan raqobatbardosh mahsulotga aylanadi va bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z o’rniga ega bo’ladi. Texnologik tizim oddiy ishlab chiqarish sharoitida dastgoh, moslama, kesuvchi asbob va detaldan (DMA va d.) iborat bo’lsa, mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatilashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida dastgoh o’rnini maxsus va maxsuslashtirilgan yarim avtomat yoki avtomat dastgohlar, raqam dasturi bilan boshqariladigan (RDB) dastgohlar yoki ularning o’rnini to’la to’kis avtomatlashgan dastgoh moduli egallashi mumkin. Bunday hol uchun texnologik tizimda, avtomatik ravishda, asosiy yordamchi va texnologik amallarni bajarish uchun qator maqsadga muvofiq keladigan yuklovchi-transportirovkalovchi (bunker, vibratsiyalanuvchi bunkerlardan, quloqli barabanlardan, sanoat robotlaridan, avtooperatorlardan, asboblarni almashtiruvchi manipulyatorlardan va boshqalardan) qurilmalardan iborat bo’lib, ularning har birini texnik ko’rsatkichlari o’ziga xos xarakterga ega. Ular asosida tuzilgan texnologik tizimning texnik ko’rsatgichining holati matematik hisoblash yo’li bilan ( masalan, o’lchash zanjirini hisoblash) aniqlash mumkin. Bu statik holat uchun to’g’ri, lekin dinamik holat uchun tadqiqotlash va sinashni talab qiladi.
Ishlab chiqarishda foydalanish uchun loyihalangan va tayyorlangan yoki ta’mirlash - tiklash ishlardan so’ng texnologik tizimning parametrlari aniqlik normasiga mos kelishi sinovdan o’tkaziladi, mos kelmaslik hollari esa tadqiqot orqali aniqlanadi.
Demak, yuqorida aytib o’tganlaridan xulosa qilgan holda, texnologik tizimning strukturasini, shartli ravishda quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin.

rasm. Texnologik tizim strukturasi.


BB-boshqarish bo’limi; NB-nazorat bo’limi; MB-manipulyatsiyalash bo’limi; M-moslama; KA-kesuvchi asbob; D-detal; MIB-mexanik ishlov berish bo’limi; I0I1–mos holda, ma’lumotlarning signal ko’rinishda kirishi va chiqishi; Mo, M1 –mos holda, zagotovkaning ishlov berish bo’limiga kirib kelishi va uning tayyor mahsulot holatda chiqib ketishi.



Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin