Reja: Texnologik tizimlarning texnik ko’rsatkichlari



Yüklə 122 Kb.
səhifə3/4
tarix12.10.2023
ölçüsü122 Kb.
#154843
1   2   3   4
Sorbsiya jarayonlarining texnik tizimlari ishonchliligi tahlil qilish.

Tez o’tadigan jarayonlar –davriy o’zgaruvchan bo’lib, sekundning bo’laklari bilan o’lchanadi. Bu jarayon har bir detalga mexanik ishlov berishda sodir bo’ladi va to’xtaydi (tugaydi). Bular qatoriga vibratsiya, harakatdagi birikmalarni ishqalanishidan vujudga keluvchi ishqalanish kuchi kabi kesuvchi asbob va zagotovkani o’zaro joylanishlariga ta’sir etuvchi boshqa turdagi jarayonlar kiradi.
O’rta tezlikda o’tadigan jarayonlar - bu texnologik tizimlarning uzluksiz ishlashi davomida sodir etilib, ularning davom etish davri, minutlar yoki soatlar bilan o’lchanadi. Ular ta’sirida tizim parametrlari boshlang’ich holatdan sekin - asta salbiy tomonga o’zgarib boradi. Bunday jarayonlar qatoriga o’z holatini qayta egallovchi – texnologik tizimning va atrof-muhitning issiqlik haroratini o’zgarishi, o’rab turgan muhitning namligi va o’z holatiga qaytmaydigan jarayonlar – kesuvchi asbobning kesuvchi qirrasini abraziv yoki kimyoviy yemirilishi – kiritilgan bo’lishi mumkin.
Sekin o’tadigan jarayonlar – bu texnologik jarayonlarning ishlab turgan vaqtida sodir bo’lib, ularning vaqti – vaqtida nazorat qilish yoki ta’mirlash davrida namoyon bo’ladi. Bu jarayonlar ko’p vaqt ichida o’tadi, ya’ni kunlar va oylar davomida sodir bo’ladi. Bunday jarayonlar qatoriga mashinalarning asosiy mexanizmlarini yemirilishi, detallardagi ichki kuchlanishlarning qayta taqsimlanishi, metall qatlamlarining yoki kristall panjaralarni oqimi, ishqalanuvchi yuzalarning kirlashi, zanglashi, mavsumiy issiqlik haroratining o’zgarishi kiritilgan. Bu yuqorida sanab chiqilgan jarayonlar texnologik tizim aniqligiga, foydali ish koeffitsientiga va boshqalarga ta’sir ko’rsatadi.

4. Texnologik tizimning ishga yaroqliligini tahlili


Texnologik tizimdan foydalanish davrida, uni ishga yaroqliliga ko’p sonli jarayonlar ta’sir etadi. Aytaylik, bular qatoriga kiritilgan, 1.3. banda ko’rib chiqilgan kategoriyadagi jarayonlar ta’sir etayotgan bo’lsin (1.2. rasm). Bunda X – texnologik tizimning biron bir kategoriyadagi jarayon ta’sirida o’zgaruvchan parametr bo’lib, uni aniqligi bo’lsin – stolni berilgan holatda joylashishdan og’ish aniqligi, RDB frezalash dastgohida frezani berilgan traektoriya bo’ylab siljitish aniqligi va boshqalar. Bu parametr texnologik tizimning texnik talabida ko’rsatilgan va –dopusk chetlanishini qanoatlantirsin.



Texnologik tizimdan foydalanish davrda, ishlov berilgan detalga nisbatan, uni ishga yaroqliligini yo’qotish misoli tahlili.


Echish. Texnologik tizim tayyorlanishidan kelib chiqadigan boshlang’ich (geometrik va kinematik aniqlik) xatolikka tashqi va ichki kuchlar ta’siriga qarshi tura oluvchi bikirlikka ega bo’ladi. Bunday holda X qandaydir a0 qiymatni qabul qiladi, ya’ni bu yangi tayyorlangan texnologik tizim sifatining statik xarakteristikasini belgilaydi.
Texnologik tizim ish bajarishga tushishi bilan favqulotda sodir bo’luvchi, lekin bularni inobatdan chetda qoldirib bo’lmaydigan, tez o’tadigan jarayonlar, X=a0 parametrni yoyilib – tarqalishga olib keladi. Bundan tashqari uni boshqa parametrlar, masalan, vibratsiyadan kelib chiquvchi Av va mexanizmlarni sozlashdagi noaniqlik As ham yoyilib tarqaladi. Bunda, bu parametrlarning matematikadagi ehtimollar nazariyasiga asosan qo’shishni va normal tarqalish qonunini qo’llash bilan quyidagi tenglikni olamiz:
(1.1)

texnologik tizimning bir tartibdagi detallarni tayyorlashdan ikkinchisiga o’tish davrida yoki bir holatga sozlanganidan ikkinchisiga o’tish oralig’idagi To davr ichida, o’rta tezlikdagi jarayonlar, birinchi navbatda issiqlik deformatsiyasi ta’siriga uchrab, u texnologik tizimni boshlang’ich aniqligini sekin – asta yomonlashishiga olib keladi. 1.1 – rasmdan ko’rinib turibdiki To davr ichida parametr X af qiymatga o’zgaradi. Biroq bu jarayon favqulotda sodir etilgan bo’ladi va uni yoyilib tarqalishi Af qiymati orqali aniqlanadi, ya’ni To davr oxirida X qiymatni X= a0 + af koordinataga nisbatan yoyilib - tarqalishi bilan xarakterlanadi va quyidagi yoyilib – tarqalish maydonini tashkil etadi:


(1.2)
Texnologik tizimning bu davrdagi X orqali berilgan parametr uning ishga yaroqligini xarakterlovchi X - ning parametrlari, tomonlari teng bo’lmagan «abcd» to’rt burchakli shakl ichida bo’ladi. Ma’lumki X<, texnologik tizim ishga yaroqli sharti quyidagi ko’rinishda yoziladi:

a0 + af+ 0,5 < Xmax , (1.3)


bu yerda Xmax – parametrning eng yuqori ruxsat etilgan qiymati.


Yangi texnologik tizim ishga yaroqli zahirasiga ega bo’lish sharti, bu zahira tahlil qilinayotgan misol uchun berilgan aniqlik zahirasi bo’lib, berilgan dopuskning foydalanilmagan qismi T bilan yoki Kf koeffitsient orqali xarakterlanadi:
, (1.4)

X parametr uchun qoldiriladigan zahira kelgusidagi sekin o’tadigan jarayonni hisobga oladi. CHunki texnologik tizimning keyingi foydalanishida, unga birinchi navbatda abraziv yoki kimyoviy yemirilish ta’sir etadi. Natijada «abcd» shaklning o’lchamlari ortib boradi. Qachonki parametr T= 0 va KT=1 bo’lsa, texnologik tizim ishga yaroqli holatidan chiqadi, ya’ni texnologik tizim aniqligi bo’yicha berilgan resursni yo’qotadi.


Xulosa: 1. Texnologik tizim yuqori boshlang’ich ko’rsatgichga – geometrik aniqlikka, bikirlikka, mustahkamlikka ega bo’lishi kerak.
2. Texnologik tizim, vibratsiyaga turg’un bo’lishi bilan birgalikda issiqlikdan deformatsiyaga uchrashga va yemirilishga qarshi turish imkonida tayyorlangan bo’lishi shart.

Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin