Reja: Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari. Reduktsiya



Yüklə 18,36 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü18,36 Kb.
#112143
TOVUSHLARNING KOMBINATOR VA POZITSION O


TOVUSHLARNING KOMBINATOR VA POZITSION O’ZGARISHLARI.
REJA:
1.Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari. Reduktsiya.
2.Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Akkomodatsiya. Assimilatsiya
3. O‘zgarishlarning boshqa turlari. Dissimilatsiya. Metateza. Inversiya. Diereza. epenteza. Proteza. Substitutsiya. Tovushlarning almashuvi.

1. Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari.Reduktsiya. Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urg’uning tabiatiga bog’liq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.
Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urg’uga nisbatan urg’uli va urg’usiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘g’in va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘g’inlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ular-ning birikmalari farqlanadi.
Unli tovushlarning urg’usiz bo‘g’inlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduktsiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduktsiyasi farqlanadi. Urg’usiz yopiq bo‘g’inlarda unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduktsiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urg’usiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi gorod, goroda so‘zlarida urg’usiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.
Tovushlarning urg’uga nisbatan o‘rniga ko‘ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urg’uli bo‘g’indagi,holati kuchli pozitsiya deb,urg’usiz bo‘g’indagi holati - kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyat-larini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya`ni reduktsiyaga uchraydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan miqdor reduktsiyasidan tashqari sifat reduktsiyasi ham bor. Sifat reduktsiyasida bir yo‘la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o‘zgaradi. Masalan, rus tilidagi voda, vodi, vodyanoy, vodavoz so‘zlaridagi urg’usiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o‘zgaradi. O‘zbek tili-da bunday xususiyat etarli darajada ko‘zga tashlanmaydi. Reduktsiyaga uchragan tovushlar urg’uli tovushlarga qaraganda aniq bo‘lmagan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega.
Reduktsiya`ning darajasi,faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham bog’liq. Odatda to‘liq talaffuz stilida reduktsiya minimal darajada bo‘lib, og’zaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro‘y beradi. Undan tashqari reduktsiyaning darajasi unlilarning tilning ko‘tarilishiga ko‘ra belgilariga (yuqori, o‘rta, quyi) ham bog’liq.
Undosh tovushlar ham pozitsion o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi jarangli undoshlar jarang-sizlashishi bunga misol bo‘la oladi (kitob /kitop/, qand /qant kabi). Ba`zan ko‘p bo‘g’inli so‘zlarda so‘z oxiridagi jarangsiz undoshlar jarangli bo‘lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi).
Turli holatlarda tovushlarning talaffuzi har xil o‘zgarishlarga uchraydi. N.S. Trubetskoy ko‘rsatishicha "...amaliy jihatdan aynan bir tovushni bir pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir turda talaffuz etish mumkin emas" [Trubetskoy N.S. Osnovi fonologii. M., 1960, s. 48-49.] Nutqda tovushlarning turli pozitsion o‘zgarishlarini qancha chuqur o‘rganilsa, shunchalik ko‘p tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin.

Bajardi:
Aminova Laylo


Ahmadjonovna
Yüklə 18,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin