Reja: Turli XIL materiallar haqida tushuncha



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/2
tarix15.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#130923
1   2
portal.guldu.uz-turli materiallar bilan ishlash

Sim bilan ishlash. Turli xil narsalarni yasashda xilma-xil simlardan foydalanish mumkin. Sim to’qish va o’rib olish uchun yaroqlidir. Qattiq po’lat yoki alyumin simdan texnik modellashda bir qator detallarni yasashda foydalaniladi. Bu simdan arava, avtomobilg’ o’qlari, suv parragi, o’yinchoqlar va shu kabilarni tayyorlashda foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan simlar diametri 0,005 dan 17mm gacha bo’ladi. U asosan dumoloq kesimli bo’ladi, Biroq kvadrat, olti qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shaklidagi simlar ham bo’ladi. Simlar turli maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar, mixlar, eektrodlar, ingichka parma, musiqa asboblari uchun torlar yasash va shu kabilardan foydalaniladi.
Plastmassalar. Plastmassalar suhniy olinadigan modda bo’lib, sanoatimiz plastmassadan turli predmetlarni va kapron, neylon, organik oyna, paralon, polietilen va shu kabi xilma-xil to’qimalarni ishlab chiqaradi. Plastmassalar juda yengil va shu bilan birga bukiluvchan va elastikdir. Ayrim plastmassalar o’ta mustahkam bo’lib issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi, kislotalarga bordoshlidir. Plastmassaga ishlov berishda deyarli chiqindi bo’lmaydi. Mehnat tahlimi amaliy mashhulotlarida topilishi oson bo’lgan plastmassalardan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: organik shisha, paralon, penoplast, linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir
Paralon – Suhniy yo’l bilan olinadigan material bo’lib, g’ovvak tuzilishga ega, usti yumshoq, juda yengil, yaxshi bo’yaladi, suv tahsir etmaydi. Paralonni gazlamaga, qog’ozga va ko’pgina materillarga yopishtirish mumkin.
Penoplast - Anchagina pishiq, juda yengil, oq rangdagi material. Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda boshqalarda foydalaniladi.
Linoleum – Qurilishda keng qo’llaniladi. Bu turli smolalar, alifmoy, maydalangan po’kak, turli bo’yovchilar va boshqa materiallar aralashmasidan olingan suhniy materialdir. Linoleumning qalinligi 2,5 mmdan 5mmgacha bo’ladi.
Teksolit – ko’p qavatli gazlamadan katta bosimda presslanib tayyorlanadigan suhniy plastmassa juda pishiq xususiyatga ega. Undan shesteryonka, roliklar, podshipniklar uchun vkladishlar tayyorlanadi.
Ebonit – maxsus usulda ishlov berilgan rezina, Ebonitdan har xil turdagi elektr asboblari tayyorlanadi, u sinuvchan, shunung uchun ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Yog’och – eng ko’p tarqalgan materil bo’lib, o’quvchilar mashg’ulotlarda ko’p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari kerak.
Qarag’ay - ko’p tarqalgan ishlov berish oson daraxtdir. U unchalik qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo’ylab randalanadi. Qoraqarag’ay – yaxshi ishlanadi, uning yog’ochi oq rang bahzan sarg’ish bo’ladi. Qoraqarag’ay tuzilishiga ko’ra qarag’aydan yumshoq va yengil. Biroq qoraqarag’ayda butoqlar ko’p quriganda yorilib ketadi.
Qayin – Qarag’ayga nisbatan pishiqroq va og’irroq, biroq oson arralanadi va randalanadi, qayin yoqimli qizg’ish tovlanuvchan oq-sariq rangda bo’ladi.
Eman – yog’ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og’ir, chiroyli jigar rangga ega.
Toqterak – asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Yog’ochi yumshoq anchagina yengil.
Jo’ka – yog’ochi yumshoq, aralash oson, pichoq bilan oson ishlanadi, darz ketmaydi. Jo’kani yorish qiyin. Qarag’ay va qoraqarag’aydan yengil sarg’ish oq rangda.
Fanera – Yog’ochdan shponlar qilinadi, fanerani mana shu shponlar – yog’ochning payraha qilingan yupqa qatlamlari yelimlab yasaladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin