Bo‘ylama kuch NK ning taʼsir chizig‘i. K kesimdagi buylama kuch t. ch. NA=Q0sinK+HcʼsK tenglamasi asosida kuriladi. Avval arkaga mos oddiy balkaning K kesimidagi ko‘ndalang kuch QK0 uchun t.ch. kuriladi va yning ordinatalari sinK ga ko‘paytiriladi (7.5 b – rasm) so‘ngra HcʼsK ning t.ch. chizib (7.5 v – rasm), uni Q0sinK bilan qo‘shamiz (7.5 g – rasm). Hosil bo‘lgan ordinatalarni bir sanoq chizig‘iga keltirsak (7.5 d – rasm) NK olamiz.
NK ning taʼsir chizig‘i nolinchi ordinatasining holati ikki uchburchak ADD1 va BDD1ni tekshirish orqali aniqlanadi.
(7.3)
7.4 – rasm 7.5 – rasm
Normal kuchlanishlarni yadro momentlari orqali aniqlash Arka ko‘ndalang kesimining yuqorigi va pastki tolalaridagi kuchlanishlarni yadro momentlaridan foydalanib aniqlash ancha ason. Ixtiyoriy K kesimdagi maksimal va minimal kuchlanishlar markazdan tashqarida siqilish deformatsiyasi formulalariga asosan aniqlanadi (7.6a – rasm).
7.6 – rasm
Bunda MK=NK.B - kesim og‘irlik markaziga nisbatan olingan eguvchi moment, e–bo‘ylama kuchning kesim og‘irlik markaziga nisbatan ekssentrisitseti; F –- kesim yuzi.
W0– yuqorigi va pastki nuqtalar uchun ko‘ndalang kesimining qarshilik momenti (kesim simetrik bo‘lsa W0=Wu)
Kesim yadrosining xossalaridan foydalanib, arkaning yuqorigi tolasidagi kuchlanishni aniqlash formulasini o‘zgartiramiz va bir hadli ko‘rinishda yozamiz.
Buning uchun bo‘ylama kuch NK ni kesim yadrosining pastki chegara nuqtasi KU ga ko‘chiramiz. (7.6 – rasm), u holda K nuqtaga nisbatan juft kuch momenti MK=NK(e–CU) va shu nuqtaga qo‘yilgan bo‘ylama kuch NK ni hosil qilamiz. CU – kesim yadrosining pastki chegara nuqtasini belgilovchi miqdor.
Kesim yadrosining xossasiga binoan, uning pastki yadro nuqtasi KU ga qo‘yilgan NK kuchdan hosil bo‘lgan kesimning yuqorigi tolalaridagi kuchlanish nolga teng bo‘ladi. Demak, yuqorigi tolalarda kuchlanish faqat MkU eguvchi momentdangina hosil bo‘ladi.
0=MkU/W0 (7.4)
Bu yerda MkU – kesim yadrosining pastki chegara nuqtasiga nisbatan olingan eguvchi moment, u yadro momenti deyiladi.
Arka kesimi K ning pastki tolalaridagi kuchlanishni aniqlash uchun kuchni kesim yadrosining yuqorigi chegara nuqtasi K0 ga ko‘chiramiz, u holda bu nuqtada NK va Mk0 hosil bo‘ladi (7.6 – rasm). eguvchi momentdan hosil bo‘ladigan kuchlanish esa (7.6) ga o‘xshash, quyidagicha aniqlanadi:
U=–Mk0/WU (7.5)
Bu yerda Mk0=NK(e–C0) - kesim yadrosining yuqorigi chegara nuqtasiga nisbatan olingan yadro momenti. Cho‘ziluvchi tola uchun kuchlanish minus ishorasi bilan olinadi. Hosil qilingan (7.4) va (7.5) formulalar bir hadli bo‘lgani sababli ko‘chma yuk taʼsiridagi uch sharnirli arkalarni hisoblash osonlashadi Mku va Mk0 yadro momentlarning taʼsir chiziqlarini qurish nolinchi ordinatalar yordamida taʼsir chizig‘ini qurish kabi bajariladi.