Reja: umumiy holatlar nisbiy birliklar o‘zgarmas tok dvigatellarining mexanik tavsiflari magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning


 O‘zgarmas tok dvigatellarining mexanik tavsiflari



Yüklə 236,5 Kb.
səhifə3/12
tarix28.11.2023
ölçüsü236,5 Kb.
#167957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1446977188 62035

3. O‘zgarmas tok dvigatellarining
mexanik tavsiflari

O‘zgarmas tok dvigateli mexanik tavsifining ifodasini aylanayotgan mashinaning yakor zanjiridagi elektr yurituvchi kuchlarining muvozanatidan kelib chiqqan holda aniqlaymiz:




U+ IR + DUr, (13)

bu yerda: Ut — ta’minot tarmog‘i kuchlanishi, V; DUr — cho‘tkalardagi kuchlanish tushishi, V.


EYK va dvigatelning elektromagnit momentining qiymati quyidagicha aniqlanadi:


(14)


(15)

bu yerda: N — yakor chulg‘amidagi aktiv o‘tkazgichlar soni; a — yakor chulg‘ami parallel shoxchalari soni; Ф — bitta qutbning magnit oqimi, Vb; w — yakor­ning burchak tezligi, 1/s; I — yakor toki, A; R — yakor zanjiri qarshiligi, W. U bilan yakorga berilayotgan kuchlanishni belgilaymiz va uni tarmoq kuchlanishi Ut va DUshch ning ayirmasiga teng deb hisoblaymiz. Bundan tashqari yakor qarshiligi Rya va yakor zanjiri qarshiligi R bir-biridan farq qiladi. Bunda R qo‘shimcha qarshiliklar va yakor qarshiligining yig‘indisiga teng.


(14) va (15) tenglamalarga ko‘ra E va M parametrlar SI birliklar tizimida olinadi, u holda CE = CM pN(2pa)-1. Agar dvigatel yakorining burchak tezligi aylanish chastotasi n (ayl/min) bilan almashtirilsa, u holda quyidagini olamiz:


(16)
(14) va (16) ifodalardagi qiymatlarni (13) formulaga qo‘ysak, o‘zgarmas tok dvigatelining mexanik tavsifi tenglamasiga ega bo‘lamiz:


(17)

bu yerda: R — dvigatel yakor zanjirining qarshiligi bo‘lib, u yakor chulg‘ami qarshiligi rya, qo‘shimcha qutblar rqk va qoplovchi chulg‘amlar rqch qarshiliklar yig‘indisidan iborat.


Dvigatel nominal rejimda ishlayotganini hamda o‘zgarmas DPo‘zgarmas va o‘zgaruvchan DPo‘zgaruvchan isroflar teng ekanliklarini hisobga olgan holda quyida­gini yozish mumkin:


I2nomRya Po‘zg.nom = (UnomInom Pnom)/2; (18)


rya = 0,5(1-hnom), (19)

bu yerda: rya — dvigatel yakori qarshiligining nisbiy qiymati; Rya= r · Rnom nominal rejimda ishlayotgan mashina yakor zanjiri qarshiligining absolut qiymati.





Yüklə 236,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin