Reja: umumiy holatlar nisbiy birliklar o‘zgarmas tok dvigatellarining mexanik tavsiflari magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning



Yüklə 236,5 Kb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü236,5 Kb.
#167957
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1446977188 62035


O‘zgarmas tok dvigatellarini rostlash xususiyatlari va mexanik tavsiflari


Reja:
1. umumiy holatlar
2. nisbiy birliklar
3. o‘zgarmas tok dvigatellarining
mexanik tavsiflari

4. magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari
5. mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli
dvigatel yakori zanjiriga ulanadigan qarshiliklarni hisoblash

6. mustaqil qo‘zg‘atish
chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli maydoni kuchsizlangandagi
mexanik tavsiflari



1. Umumiy holatlar

Elektr yuritma nazariyasida tez-tez foydalaniladigan asosiy tushunchalarga izoh berib o‘tamiz.


Elektr dvigatellar uchun o‘rnatilgan ish rejamida olingan w = (M) bog‘lanish mexanik tavsif deb ataladi. Ma’lumki, bunday funksional bog‘lanish elektr mashinasi dvigatel rejimida ishlagandagina mavjud bo‘ladi. Bu rejimda yakorning aylanish tezligi ijrochi mexanizm tomonidan mashinaga qo‘yilayotgan reaktiv yuklama momentining funksiyasi bo‘lib qoladi.
Lekin elektr mashina tarmoqqa energiya berib tormozlash rejimida ishlayotganda, u generator rolini bajaradi. Bu holda mustaqil o‘zgaruvchi sifatida, tashqi ta’sirlar o‘zgarishi natijasida o‘zgaradigan tezlik funksiyasi sifatida elektromagnit moment qaraladi.
Shunday qilib, amalda, dvigatelning ish rejimiga bog‘liq holda w = f (M) hamda M¶ = f (w) funksiyalar mavjud bo‘lsa-da, elektr yuritma nazariyasida bitta turdagi bog‘liqlik w = f (M) — mexanik tavsif ko‘riladi va tasvirlanadi, bu yerda: M — elektromagnit moment. Bunda elektr mashinaning po‘lat qismidagi isroflar statik moment bilan jamlanishi ko‘zda tutilgan.
Dvigatelning mexanik tavsifi elektromexanik tizi­mining o‘rnatilgan rejimidagi ish sifati va samaradorligini to‘la yoritadi. Ular yana dvigatelning tez­lanishi va sekinlanishini aniqlaydigan ortiqcha dinamik momentni tavsiflab elektr yuritmaning dinamik rejimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Mexanik tavsiflar «tabiiy» va «sun’iy» bo‘ladi. Tabiiy mexanik tavsif ta’minlovchi tarmoqning normal ko‘rsatkichlarida mashina zanjirlarida qo‘shimcha qarshiliklar bo‘lmaganda va nominal ulanish sxemasi­da olinadi. Dvigatelning qolgan hamma mexanik tavsif­lari sun’iy deb ataladi.
Mexanik tavsifdan tashqari ko‘p hollarda w = (I) bog‘lanishni ko‘rish qulay bo‘lib, bu yerda: I — yakor (rotor) toki. Dvigatelning bunday tavsifi elek­tromexanik tavsif deb ataladi. Qiyalik koeffitsiyenti b bilan tavsiflanadigan yuklama momenti tezlik o‘zgarishiga ko‘ra mexanik tavsiflari quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi:
Absolut qattiq tavsiflar (1- rasm, a dagi 1 tavsif) mos ravishda aylanma va ilgarilama harakat uchun:

b = dw/d® 0; b = du/d® 0, (1)


bu yerda: dw = Dw/wnom; d= DM/Mnom.


Sinxron dvigatellar absolut qattiq tavsifga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari agar elektr dvigatel avtomatik boshqarish tizimining obyekti sifatida ishlatilsa, u holda o‘rnatilgan rejimda, bu dvigatel uchun absolut w = (M) mexanik tavsifini olish mumkin.
1- rasm. Dvigatelning mexanik tavsiflari:
a — o‘zgarmas; b — o‘zgaruvchan qattiqlikdagi.
1 — absolut qattiq; 2 — qattiq; 3 — yumshoq.



Yüklə 236,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin