Elastik muftalar Agar ko`lpensatsiyalovchi muftalarning oraliqdagi elementi elastik bo’lsa, bunday muftalarni elastik muftalar deyiladi. Ular vallar o’qdoshligi qat’iy bo’lish yoki bo’lmasligiga qaramasdan, xamma notekisliklarni to’g’rilaydi (ko`lpensatsiyalaydi). Elastik muftalar o’z elementlari bilan yuritmada kam bikirlikka ega bo’lgan bo’g’in vazifasini xam bajarib, mashinalarning imkoniyati boricha rezonans sharoitda ishlamasligini ta’minlaydi, tebranishdan saqlaydi. Buning uchun muftalarni elastik elementi yetarli darajada bikrlikka ega bo’lishi kerak. Bu to’g’rida xisoblashga zarur bo’lgan ma’lumotlar «Mashina va mexanizmlar nazariyasi» kursida berilgan.
Elastik muftalarning tuzilishi xar xil ko’rinishda uchraydi. Elastik element materiallariga qarab bu muftalar ikki turga bo’linadi: elastik elementlari metalli va metallmas.
17.5.-rasm.
Elastik elementi metall simdan o’rab tayyorlangan tsilindr- simon prujinali elastik mufta 17.5.-rasmda ko’rsatilgan. Mufta yetaklovchi 1va yetaklovchi 2 yarim muftalardan iborat bo’lib, shponka yordamida valga maxkamlangan (Boshqa variantda bo’lishi xam mumkin: yetaklovchi 2, yetaklovchi 1). Yarim muftalar shunday tayyorlanganki, ular orasidagi maxsus teshikka oldindan siqilishga ishlaydigan qilib, deformatsiyalangan to’rtta prujinalar 3 joylashtiriladi.
Biror burchakda joylashgan yarim muftaning dastlabki xolati cheklagich 4 bilan aniqlanadi. Prujina deformatsiyalangandan keyin yarim muftaning nisbatan burilish imkoniyati yarim mufta 2 ga o’rnatilgan cheklagich B bilan belgilanadi. Mufta tashqi to`londan saqlagich 5 bilan berkitilgan. Prujina dastlabki siquvchi kuch F1 ta’sirida T1 mo`lent bilan yuklangunga qadar bu mufta yetarli bikrlikdagi ko`lpensatsiyalovchi muftalar singari ishlaydi.
Foyfalanilgan adabiyotlar:
1. Shoobidov Sh.A. Mashina detallari. Texnika oily o`quv yurtlari uchun darslik. Тошкент: “O`zbekiston ensiklopediyasi”, 2014. -444 b. 2. Kurganbekov M.M., Moydinov A. Mashina detallari: O`quv qo`llanma. I va II qismlar. -Toshkent: “O`zbekiston ensiklopediyasi”, 2014. -384 b. 3. Ш.А. Шообидов Машина деталлари. Ўқув қўлланма. Тошкент 2004-120 б. 4.Ш.А.Шообидов, С.У.Мусаев. «Юритмалар», Тасмали ва занжирли узатмаларни лойихалаш. Тошкент 2000-82 б. 5.Ш.А.Шообидов, С.У.Мусаев. «Тишли ва червякли узатмаларни лойихалаш». Тошкент 2005-80 б.