Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə13/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
1,1

30-modda. Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati
Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati tabiiy muhitda sodir bo‘layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o‘simlik va hayvonot dunyosiga ta’siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va aholini atrof tabiiy muhitda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida joriy va shoshilinch axborotlar hamda bu muhit holatiga doir taxminlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risidagi axborot ochiq-oshkora yo‘sinda bo‘lib, uning asosiy ko‘rsatkichlari davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan e’lon qilish uchun muntazam berib boriladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari falokatlar va boshqa hodisalar natijasida atrof tabiiy muhit normativda belgilanganidan ham ortiqroq darajada ifloslangan taqdirda bunday falokat va hodisalar to‘g‘risida jamoatchilikni darhol xabardor etishlari shart.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tabiiy resurslarning miqdor, sifat va boshqa xil ko‘rsatkichlarini, ulardan foydalanishning hajmi, tartib tamoyilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrlari yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit holatiga zararli ta’sir qiladigan yoki nomaqbul tarzda ta’sir etishi mumkin bo‘lgan obyektlar, atrof tabiiy muhitga tushadigan zararli moddalarning turlari va miqdori, chiqindilarning hajmlari va tarkibi ham nazorat etib boriladi va davlat hisobiga olinadi.
(30-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Davlat atrof tabiiy muhit holatini nazorat etish xizmatining tarkibi, uni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi tartibi, davlat tabiiy resurslar kadastrlarini, atrof muhitga zararli ta’sir etuvchi obyektlarning davlat hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 1998-yil 10-martdagi 104-sonli “O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2018-yil 7-noyabrdagi 914-sonli “Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi qarorlari.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin