Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə15/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
1,1

34-modda. Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlardan utilizatsiya yig‘imidan, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) uchun kompensatsiya to‘lovlaridan, tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 16-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va boshqa majburiy to‘lovlarning miqdorlari, shu jumladan ijara to‘lovining miqdori tabiiy resurslarning qay darajada keng tarqalganligi, sifati, ularni qayta tiklash imkoniyatlari, ulardan foydalanishning qay darajada qulayligi, kompleksliligi, samaradorligi, ularning joylashgan eri, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa jihatlarni inobatga olgan holda, shuningdek tegishli limitlar qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun to‘lovlarning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar tabiatdan foydalanuvchi korxonalar mahsulotlarining (bajargan ishlarining, ko‘rsatgan xizmatlarining) tannarxiga qo‘shiladi.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun, shuningdek tabiatdan limitda (normativda) belgilanganidan tashqari va o‘zgacha tarzda nooqilona maxsus foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari yuridik shaxsning daromadidan (foydasidan) undiriladi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik, ularni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun to‘lov Davlat budjetiga tushadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining summalari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga tushadi.
(34-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Utilizatsiya yig‘imi summalari daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushadi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 16-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi.
(34-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni ekologiya tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin