Reja: Umumiy qoidalar


-modda. Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tug‘diradigan vaziyatlar



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə18/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1,1

40-modda. Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tug‘diradigan vaziyatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tug‘diradigan vaziyatlar deganda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan birinchi darajali xavfli moddalar jumlasiga kiritilgan o‘ta zaharli, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, radioaktiv va boshqa moddalarni saqlash, tashish va ulardan foydalanish chog‘ida atrof tabiiy muhitning ortiqcha darajada ifloslanishi, tabiat tizimlarining shikast topishi, inson salomatligi va hayotiga ziyon yetishi tahdidi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar tushuniladi.
(40-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya nuqtai nazaridan xavf tug‘diradigan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining idoralari tegishli ishlab chiqarish obyektlari atrofida, transport magistral yo‘llari bo‘ylab alohida huquqiy tartib o‘rnatadilar.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
X. XO‘JALIK FAOLIYATI VA BOShQA YO‘SINDAGI FAOLIYATGA DOIR EKOLOGIYA TALABLARI
41-modda. Korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiyalash, ulardan foydalanish va ularni tugatishga doir ekologiya talablari
Korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiyalash, kengaytirish va texnika bilan qayta uskunalash, ulardan foydalanish va ularni tugatish chog‘ida ekologiya xavfsizligi talablari bajarilmog‘i, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari nazarda tutilmog‘i lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, ayrim shaxslar chiqitsiz va kamchiqit texnologiyalarni joriy etishlari, chiqindilarning hosil bo‘lishini kamaytirishlari, ularni zararsizlantirishlari va qayta ishlashlari, chiqindilarni navlarga ajratish, to‘plash, ko‘mib tashlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etishlari shart.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Faoliyati atrof tabiiy muhitga ancha zararli ekologik ta’sir etishi mumkin bo‘lgan yirik xalq xo‘jalik obyektlarini rivojlantirish va joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(41-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ekologiya talablariga javob bermaydigan obyektlarni foydalanishga topshirish man etiladi.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin