42-modda. Radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlatish paytidagi ekologiya talablari Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim fuqarolar radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qo‘llash, zararsizlantirish hamda ko‘mib tashlash chog‘ida ekologiya talablariga, belgilangan normativlar va qoidalarga rioya qilishlari, ularni qo‘llashning zararli oqibatlari oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishlari, mazkur normativlardan oshib ketilgani taqdirda radiatsiya va kimyoviy xavfsizlikni ta’minlash idoralarini darhol xabardor etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang. Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni ko‘mib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda yo‘l qo‘yiladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 43-modda. Tabiatni shovqin, tebranish, elektrmagnit maydonlari va boshqa zararli fizik ta’sirlardan muhofaza qilish Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar zararli ishlab chiqarish shovqinlari, tebranish, elektrmagnit maydonlarining va zararli fizik ta’sirlar ko‘rsatuvchi boshqa omillarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart.
44-modda. Tabiatni nazorat etilmaydigan va zararli biologik ta’sirlardan muhofaza qilish Tabiatga zararli biologik ta’sir o‘tkazayotgan yoki o‘tkazishi mumkin bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bunday ta’sir oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang. Yangi mikroorganizmlar, viruslar va shakllar hosil qilishga va foydalanishga, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishga faqat davlat sanitariya nazorati organlarining ijobiy xulosasi bo‘lganidagina ruxsat etiladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda) Oldingi tahrirga qarang.