Reja: Umumiy qoidalar


IX. FAVQULODDA EKOLOGIYA VAZIYATLARI



Yüklə 196,75 Kb.
səhifə17/23
tarix07.01.2024
ölçüsü196,75 Kb.
#207705
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
1,1

IX. FAVQULODDA EKOLOGIYA VAZIYATLARI
38-modda. Falokatlarni va ularning ekologiyaga zararli oqibatlarini bartaraf etish
Oldingi tahrirga qarang.
Falokat sodir bo‘lgan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotlar favqulodda ekologiya vaziyatlariga mo‘ljallangan o‘z harakat rejalariga muvofiq falokatni bartaraf etishga darhol kirishishlari shart. Ayni vaqtda ular falokat haqida va uni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga, shuningdek bunday falokatlarning ekologiyaga zararli oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan xizmatlarga darhol xabar qiladilar.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
39-modda. Favqulodda ekologiya vaziyati va ekologiya ofati mintaqalari
Xo‘jalik faoliyati va boshqa yo‘sindagi faoliyat, tabiat stixiyali kuchlarining vayron etuvchi ta’siri yoxud ro‘y bergan falokat yoki halokat natijasida muayyan hududlarning, shu jumladan suv va havo bo‘shlig‘ining atrof tabiiy muhitda inson salomatligiga, tabiiy ekologiya tizimlarining, o‘simlik va hayvonlar genetik fondlarining holatiga tahdid soluvchi barqaror salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan qismi favqulodda ekologiya vaziyati mintaqalari deb e’lon qilinadi.
Muayyan hududning tabiat muvozanati, tabiiy ekologiya tizimlari buzilishi bilan bog‘liq holda tabiiy muhitda barqaror yoki tuzatib bo‘lmas o‘zgarishlar ro‘y bergan yoki ro‘y berayotgan qismi ekologiya ofati mintaqalari deb e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda ekologiya vaziyati yoki ekologiya ofati mintaqalari deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda qabul qilinadi.
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Favqulodda ekologiya vaziyati va ekologiya ofati mintaqalarida shu vaziyatni keltirib chiqargan ishlar to‘xtatib qo‘yiladi, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir etuvchi faoliyat (aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat bundan mustasno) taqiqlanadi, tabiiy muhitni tiklash va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Yüklə 196,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin