U amaliy astronomiya masalalari bilan ham juda ko’p shug’ullangan. O’zining aniq va puxta astronamik kuzatishlariga asoslanib, Beruniy osmon ekvatoriga Quyosh ekliptikasi og’ishining kattaligi (23° 34’) va ekliptika og’ishi uzunligining asriy o’zgarishlarini belgilashda, Quyosh apogeyasi (avji) uzoqligini aniqlashda qadimgi va o’ziga zamondosh bo’lgan astronomlarga qaraganda ancha aniq natijalarga erishgan.

Beruniy 1029 ta yulduzning hoordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan jadvalini tuzgan.

Beruniy dorishunoslik, meteorologiya, fizika kabi fanlarga ham hissa qo’shgan. Masalan, buloq va quduq suvlarining yuqoriga ko’tarilishi va favvora bo’lib otilib chiquvchi buloqlar gidrostatikasini tushuntirishda Beruniy o’z zamonasidan ancha ilgari ketib, bu boradagi uydirmalarni inkor etadi.

Beruniy O’rta Osiyo va umuman Yaqin Sharqda birinchi ilmiy globuslardan birini bunyod etgan. Bu globusda aholi yashaydigan joylar aniq ko’rsatilgan va buning yordamida ularning geografik koordinatlarini aniqlash mumkin bo’lgan.