Reja: Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari


-chizma. Valuta bozorining turlari



Yüklə 293,82 Kb.
səhifə2/8
tarix04.10.2023
ölçüsü293,82 Kb.
#152162
1   2   3   4   5   6   7   8
Bank ishi

2-chizma. Valuta bozorining turlari
Valuta bozori valuta munosabatlarining subyektlari va unda ishlatiladigan valutalarning soniga ko’ra, milliy, hududiy va jahon valuta bozorlariga bo’linadi.
Milliy valuta bozorlari muayyan davlat hududida rezidentlar va xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi valuta munosabatlarini o’z ichiga oladi. Bu bozorlar milliy valuta konvertatsiya qilinmaydigan va qattiq valuta cheklovlari mavjud bo’lgan paytda davlat tomonidan milliy pul va valuta tizimini shakllantirish bosqichida shakllanadi. Bunday mamlakatlarda faqat vakolatli («devizli» yoki «valutali») banklar jahon valuta bozoriga chiqa oladi.
Jahon valuta bozorining konyunktura mexanizmi deganda, odatda, ushbu bozorda valutalarga bo’lgan talab va taklifning shakllanish mexanizmi tushuniladi. Bozorning konyunktura mexanizmi murakkab bo’lib, uni o’rganish moliyaviy vositachilar uchun nihoyatda muhimdir. Chunki bozorda, operatsiyalar o’tkazish jarayonida qaror qabul qilish uchun moliyaviy vositachilar ma’lum bir tahliliy ma’lumotlarga asoslanishi kerak.
2-jadval
Valuta bozorlari ishtirokchilari va ular o’rtasida tuziladigan bitimlar

Bozor
ishtirokchilari

Bitimlar

Asoslar

Tijorat banklari

– hisob-kitoblarning o’tkazilishi; – foyda olish yoki mijozlar bitimlari bo’yicha pozitsiyalarning balanslashuvi

Tashkilotlar (eksportyor va importyorlar)

  • valutaning sotib olinishi;

  • valuta risklarini sug’urtalash uchun bitimlar;

  • xorijiy valutada kreditni olish va berish

  • xorijiy valutada to’lovlar; – tannarxning kalkulatsiyasi, valuta risklarini kamaytirish, imkoniyatlarini qo’llash uchun bazaning yaratilishi;

  • qulay shartlarning olinishi

Markaziy banklar

  • valutani sotish olinishi;

  • intervensiyalar

– to’lovlar, cheklar inkassatsiyasi, veksellar hisobi va boshqalar; – valuta bozorlarini ushlab turish uchun valutani sotib olish, bozorlarning normal darajadagi faoliyatini amalga oshirish

Brokerlar

– kurslarni o’rnatish hamda valuta va foizli bitimlarda bevosita qatnashish

– bitimlarni amalga oshirishdan olinadigan komission yoki foizli to’lovlar.

Valuta bozorlarining ishtirokchilari ko’p bo’lib, ularni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.Barcha ishtirokchilarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin, bular:

  1. Passiv ishtirokchilar. Ular vaqti-vaqti bilan valutaoperatsiyalarini amalga oshirish ehtiyoji yuzaga keluvchi subyektlar bo’lib, ko’pincha yirik bitimlarga murojaat qilishadi. Banklarda o’rnatilgan narx bo’yicha hisob-kitobni amalga oshiradilar.

  2. Aktiv ishtirokchilar. Ular «Market Makers» deb hamataladi. Asosan yirik va kam sonli bitimlarda ishtirok etib, o’z bo’limlariga va juda katta dilerlik shtatlariga egadirlar. Aynan ular bozorni shakllantiruvchilari hisoblanadi va passiv ishtirokchilar aynan ularga murojaat etadilar. Passiv ishtirokchilarga o’z narxlarini o’rnatadilar.

Yüklə 293,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin