Reja: Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari


Valyuta kursining nazariy asoslari



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə7/7
tarix14.12.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#176667
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish Moliya fanidan Abduvaliyev.Sh

Valyuta kursining nazariy asoslari
Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog’lovchi asosiy omillardan biridir. Nominal va real ayirboshlash kursi kabi ikkita ayirboshlash kursi mavjud. Nominal ayirboshlash kursi - bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy narxidir. Real ayirboshlash kursi - bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy narxi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog’liq bo’lib quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
R=e•P/P*
Bunda,
e - nominal ayirboshlash kursi, P - bitta mamlakatdagi narxlar darajasi, P* - esa boshqa mamlakatdagi narxlar darajasini ifodalaydi.
Bunda
e=R•P*/P
Erkin suzib yuruvchi ayirboshlash kursi shart-sharoitidagi valyuta bozorini ko’rib chikamiz. Bunda masalan, real ayirboshlash kursi 1 ga teng bo’ladi, chunki valyutaga bo’lgan talab va taklif erkin raqobat qonunlari hisobiga tartibga solinadi. Ushbu modelning sofligi uchun xalqaro kreditlash, xorijdan mablag’ jalb qilish va shuningdek, valyuta chayqovchiligi mavjud emas, deb tasavvur kilaylik.
Ushbu talab, xorijiy valyutadan faqat tovar va xizmatlarni eksport va import qilishga oid savdo bitimlarida foydalanilishini nazarda tutadi. Maxsulot import qiluvchilar o’zlarining xorijdagi to’lovnomalari bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun chet el valyutasini olishlari lozim. Xususan, import, xorijiy valyutaga bo’lgan talab manbai bo’ladi. Eksport esa, bundan farqli ravishda uni taklif etish manbaidir. Bozorda eksport tomonidan bo’lgan taklif, importga bo’lgan talab bilan tuknashadi. Bunga asosan, ayirboshlash kurslari o’rnatiladi. 3-chizmada chet el valyutasi bozorining muvozanat holati ko’rsatilgan.
Y o`qi bo’yicha biz ayirboshlash kursini ko’rsatamiz. Ammo, eksportdan kelayotgan daromadlar xali ham E nuqtasiga muvofiq keladi. Import xarajatlari va eksportdan olingan daromadlar E2 o’rtasidagi farqlar chet el valyutasiga bo’lgan talabning ortiqchasini aks ettiradi. Agarda, Markaziy bank ushbu jarayonga aralashmasa, bu holda valyuta kursi mustaqil ravishda tartibga solinadi. U o’sib borgan holda E2 nuqtasida yangi muvozanatga keladi.
Valyuta siyosati valyuta kurslari tizimini tanlash va valyuta operatsiyalari amalga oshiriladigan kursni belgilashdan iboratdir. Mamlakatda amalga oshiriladigan valyuta siyosati, unda mavjud bo’lgan mahalliy valyutada ifodalangan narxlar tashqi bozorlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar (eksport mahsulotlari) va ichki bozor ehtiyojlariga (eksportga mo’ljallanmagan tovarlar)ni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar o’rtasidagi narxlar nisbatiga ta'sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu siyosat ichki bozordagi narxlarning umumiy darajasiga ta'sir ko’rsatadi. Shu tufayli, tanlangan valyuta kurslari tizimi va belgilangan valyuta kursi narxlarni rag’batlantiruvchi omil sifatida mamlakat iqtisodiyotiga keng darajada ta'sir ko’rsatadi.
Valyuta siyosatini belgilashda mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasi va unda mavjud tizimlarning o’ziga xos xususiyatiga katta e'tibor qaratilishi lozim. Shu tufayli, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda Markaziy banklar valyuta kurslari tartibining quyidagi turlaridan foydalanishadi:
qat’iy belgilab qo’yilgan valyuta kursi (yagona valyuta yoki valyuta savatchasi asosida aniqlanadi);
talab va taklif ta'siri ostida sun'iy (stixiyali) ravishda vujudga keladigan erkin suzub yuruvchi valyuta kursi;
«pog’onali» valyuta kursi;
ko’p xilli valyuta kurslari tizimi;
ikkiyoqlama valyuta kursi.
1993 yilning noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi muomalaga sum-kupon - o’z milliy valyutasiga o’tilish davrida foydalanishga mo’ljallangan oraliq pul birligini kiritdi. Muomalaga sum-kupon kiritilishi bilan valyuta kursi siyosatini amalga oshirish zaruriyati tugildi. Iqtisodiy islohotlaming boshlangich davrida va usha vaqtda mavjud bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boshqariladigan suzib yuruvchi tartibotda bosqichma-bosqich devalvatsiya qilish varianti O’zbekiston uchun eng optimal usul deb topilgan edi. Ayirboshlash kursini belgilashda muomaladagi pul massasi hajmi va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobga olingan edi.
Hozirgi kunda, valyuta kurslarini tartibga solishda bir qancha muammolar mavjud bo’lib, ular yagona valyuta kursining mavjud emasligi bilan bog’liqdir. Jumladan, chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishda quyidagi kurslar yuzaga kelganligini ko’rish mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi. Buxgalteriya hisobi, bojxona va va boshqa to’lovlar maqsadida, shu jumladan, mahsulot eksport qiluvchi korxonalar tomonidan Markaziy bankka va vakolatli banklarga chet el valyutasidagi tushumdan majburiy tarzda sotuvni amaga oshirishga doir operatsiyalarda qo’llaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



1. O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni.
1993 yil 7 may.
2. O’zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari to’plami. T.: O’zbekiston. 2000.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi
422-sonli qarori.
5. www.ziyonet.uz
6. www.wikipedia.com
7.http://fayllar.org
Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin