I bob. Milliy valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar valyuta siyosatining mohiyati va xususiyatlari 7



Yüklə 177,7 Kb.
səhifə1/15
tarix18.04.2023
ölçüsü177,7 Kb.
#99646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
I bob. Milliy valyuta kursiga ta\'sir etuvchi omillar valyuta siy

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH



Mundarija:

KIRISH 3
I BOB. MILLIY VALYUTA KURSIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR 7
1.1 Valyuta siyosatining mohiyati va xususiyatlari 7
1.2 Valyuta siyosatining asosiy usullari va instrumentlari 13
1.3 Valyutani tartibga solishda jahon tajribasi 18
II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING VALYUTA SIYOSATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH 23
2.1. O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish bosqichlari 23
2.2 So’mning konvertatsiyasi va uning valyuta siyosatiga ta’siri 31
2.3. O’zbekiston Respublikasi valyuta siyosatining hozirgi holati va taraqqiyot istiqbollari 36
XULOSA VA TAKLIFLAR 44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 48

KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o’ynaydi.U iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish va inflatsiyani jilovlash, to’lov balansining aktivligini saqlab turishda makroiqtisodiy siyosatning muhim va ajramas qismi hisoblanadi.
Oxirgi yillarda O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. .Xorijiy sarmoyalar ishtirokida yangidan-yangi qo’shma korxonalar vujudga kelib tashqi iqtisodiy faoliyatga qo’shilmoqda.Tabiiyki, mazkur tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtrokchilari xorijiy sheriklari oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olishga kuchli ehtiyoj sezmoqdalar. Mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va tashqi iqtisodiy faoliyat shakllanishida asosiy o’rinda turuvchi valyuta qonunchiligi doimo davomiy rivojlanish va takomillashishda bo’lmog’i lozim.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Birjadan tashqari bozorni kengaytirish va rivojlantirish, tijoriy banklarning roli va mas’uliyatini oshirish hisobidan, milliy valyutamizni erkin muomaladagi valyutaga to’liq almashtirish (konvertatsiya qilish) masalasini yechish vaqti keldi. Bu tadbir mamlakatimizga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmini oshirish garovi va kafolatidir”1.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, tashqi iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirish yo’lida yurtboshimiz buyruqlari va hukumatimiz qarorlari bosqichma-bosqich qabul qilindi.Valyuta bozorini erkinlashtirish uchun Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi VIII moddasiga muvofiq joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha konvertatsiya yo’lga qo’yildi.
Ushbu kurs ishimda milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi davrida valyuta siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishdagi zaruriyatlarga oydinlik kiritishga harakat qildim.Shuning uchun valyuta munosabatlarini tartibga solishda milliy valyuta erkin ayirboshlanishi muammolarini o’rganishni dolzarb deb topdim.

Yüklə 177,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin