Diskont siyosati. Valyuta siyosatining shakli bo’lib, valyutani tartibga solishda foiz stavkasi orqali qo’llaniladi.
Deviz siyosati. Valyuta siyosatining shakli bo’lib, valyutani tartibga solishda valyuta intervenstiyasi orqali qo’llaniladi.Ma’lumki, markaziy bank deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta intervenstiyasi hisoblanadi.
Hukumat oqilona valyuta siyosatini olib borishda valyuta kurslaridan foydalanadi.Bu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.Bundan tashqari, mazkur valyuta kurslarini belgilab olishda o’ziga xos omillar ham mavjuddir.Aynan shu omillardan kelib chiqqan holda hukumat valyuta kurslarini aniqlaydi va valyuta-monetar siyosatni tartibga soladi.
Tarixga nazar tashlasak, qariyb barcha valyuta tizimlarida3 valyuta siyosati barqaror valyuta kurslarini ushlashga, xalqaro hisob-kitoblarni oson va qulay amalga oshirishga, shuningdek, mamlakarlarning to’lov balanslarini ijobiy holatda tutishiga qaratilgandir. Valyuta munosabatlar4ini boshqarishda hukumat kerakli qonun hujjatlaridan foydalanadi. Aytish kerakki, valyuta siyosati ham o’zining normativ bazasiga ega bo’lib, mazkur hujjatlar chegarasida olib boriladi.
Xalqaro maydonda valyuta munosabatlari, avvalo, Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan tartibga solinadi.1978 yil yanvar oyida Yamaykada o’tkazilgan yig’lishda zamonaviy valyuta tizimining asosiy tamoyillari takomillashtirildi.
Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralarning o’rnatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan munosabatlarni tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo’yicha ikki tomonlama va ko’p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlarni tuzish kiradi. Yamayka valyutaviy kelishuvi XVF nizomining o’zgartirishi bilan yangi jahon valyuta tizimi yo’nalishini aniqlab berdi.
Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi. O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha yig’ilishlar bo’lib o’tdi. Jumladan, 1975 yil Rambueda (Fransiya) oltita yetakchi mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida; 1976 yiddan "Katta yettilik"ni (AQSh, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig’ilishlarini sanab o’tish mumkin.
Agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga murojaat qilaydigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonunida quyidagi satrlarga duch kelamiz:
Valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.5 Valyuta siyosatini amalga oshirish uchun ob’ektiv asos bo’lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va rivojlanishi eksportimport operatsiyalarining yuzaga kelishiga va takomillashishiga asosiy sabab bo’ladi.Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi markaziy banklarga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkon yaratdi.
Valyuta siyosati valyuta kurslari tizimini tanlash va valyuta operatsiyalari amalga oshiriladigan kursni belgilashdan iboratdir. Mamlakatda amalga oshiriladigan valyuta siyosati, unda mavjud bo’lgan mahalliy valyutada ifodalangan narxlar tashqi bozorlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar (eksport mahsulotlari) va ichki bozor ehtiyojlariga (eksportga mo’ljallanmagan tovarlar)ni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar o’rtasidagi narxlar nisbatiga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu siyosat ichki bozordagi narxlarning umumiy darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Shu tufayli tanlangan valyuta kurslari tizimi va belgilangan valyuta kursi narxlarni rag’batlantiruvchi omil sifatida mamlakat iqtisodiyotiga keng darajada ta’sir ko’rsatadi. Har bir mamlakatda hukumat valyuta siyosatini mustaqil organ hisoblangan Markaziy banklari orqali amalga oshiradi. Misol uchun AQShda Federal Reserv Sistemasi ( The FED), Evropada Evropa Markaziy Banki pul-kredit va valyuta siyosatini olib boradi. Ularning maqsadi esa o’z valyutalari kurslarini ichki va tashqi bozorda barqaror
Valyuta tizimi— xalqaro valyuta munosabalarining davlar tomonidan shakllantiriladigan huququiy – tashkiliy shakli. Milliy, hududuy (masalan, Evropa valyuta tizimi) va jahon (masalan, Yamayka valyuta tizimi) valyuta tizimlarini alohida ko’rsatish mumkin.Shuni ta’kidlash lozimki, valyuta tizimlarining tuslanishi xalqaro to’lovlardagi nomuvozanatni aynan qaysi aktiv boshqarishiga asoslanadi.Aynan shu aktiv mamlakat tomonidan rezerv sifatida qabul qilinadi.
Valyutamunosabatlari — tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, horijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog’liq bitimlarni amalga oshirishda ishtrok etadigan valyuta bilan bog’liq munosabatlardir. ushlashdan iboratdir.Shuningdek Ozbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta siyosati doirasida amalga oshiradigan asosiy vazifalardan biri mamlakatda tijorat tusidagi valyuta operatsiyalarini rivojlantarish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Bundan tashqari valyutani nazorat qilishda Markaziy Bankka mamlakatning boshqa mutasaddi organlari ko’mak beradi.Ya’ni ular birgalikda valyuta nazoratini amalga oshiradilar. Misol uchun mamlakatimizda valyutani nazorat qiluvchi organlar soni to’rttani tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini valyutani nazorat qiluvchi organlar o’z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda nazorat qiladilar.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Milliy valyuta qadrini oshirish har bir davlatning oldiga qo’ygan maqsadlaridan biri hisoblanadi. Har bir davlat o’z valyutasi qadrini oshirishda chet el tashkilotlarining ularga qaratgan yordamlari ahamiyati katta. Chunki bunday tashkilotlar davlatga uzoq muddatli kreditlar kiritish natijasida, davlatdagi bozor muhitini yanada rivojlantirib yuboradi. Qo’shma korxonalar faoliyati aynan shu narsalar bilan bog’liq. Ular ishlab chiqargan mahsulotlar mamlakat bozorlarida o’z haridorligini namoyish qiladi, balki chet elda ham o’z haridorlariga ega bo’ladi. Bu o’sha davlatga bo’lgan qiziqishni keltirib chiqaradi. Eksport qilish ortadi. Milliy valyuta qadri chet el valyutalariga nisbatan yaxshilanadi.Regional miqyosda ham, jahon miqyosda ham halqaro tashkilotlar bilan faol aloqalar bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, mamlakatimiz uchun o’z valyuta siyosatini samarali olib borishda alohida o’ringa ega.