I bob. Milliy valyuta kursiga ta\'sir etuvchi omillar valyuta siy
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan O’zbekiston Birinchi prezidenti boshchiligida Respublika hukumati tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat birinchi navbatda ishlab chiqarishning butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining jiddiy pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslikka, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiyot tuzilishini takomillashtirishga qaratilgan edi.
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan o’n olti yil davomida esa aynan shu shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o’tkazilgan tahlillarga suyangan holda, O’zbekiston hukumati va Markaziy bank o’z imkoniyatlarimizni puxta chamalab, milliy valyuta konvertatsiyasiga boshichma-bosqich o’tish siyosatini olib bordi.
Hukumatimiz tomonidan olib borilgan oqilona valyuta siyosati natijasida ko’plab investitsion loyihalar amalga oshirildi. Bu borada, ayniqsa, xorijiy kredit yo’nalishlarini o’zlashtirish asosida xususiy sektorda amalga oshirilayotgan loyihalarning o’rni salmoqli bo’lmoqda. Pirovardida mustaqillik yillarida respublikamizda meva va sabzavotni qayta ishlash, go’sht va sut maxsulotlari, sariyog’, pishloq, yogurt, qandolatchilik, non va non maxsulotlari, shuningdek, dori-darmon ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko’plab korxonalar tashkil etildi.
Respublikamizda islohotlarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos ravishda valyuta siyosati ham takomillashtirib borilmoqda.
Hozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliy valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasini joriy etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan tarmoqlarini rag’batlantirishda muhim turtki bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotning an’anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta biznes korxonalarining tashqi bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor kon’yunkturasiga moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat YaIMdagi salmog’ining ortishiga olib keladi.
Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishi respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustahkamlaydi, inflyatsion jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi.
Nihoyat, milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq-ovqat va engil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xom – ashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish uchun valyuta mablag’larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifatli iste’mol mahsulotlari bilan to’ldirishga olib keladi.
Bir so’z bilan aytganda, valyuta siyosatining erkinlashtirilishi O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda valyuta siyosatining ta’sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud. Hozir ularni hal qilish dolrzarb masalalardan biridir. Mazkur muammolar hal qilinsa, valyuta siyosatini takomillashtirish va demakki, valyuta siyosati iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish va milliy valyuta qadrini oshirish uchun xizmat qilishiga zamin yaratiladi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning pul-kredit va valyuta siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Buning mazmuni milliy valyuta kursini barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish uchun esa, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga oltin - valyuta zahiralarini boshqarish topshirilgan. So’mning nisbiy barqarorligiga faqat makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni bir maromga etkazilgandagina erishish mumkin.
Oxirgi yillarda ichki inflyatsiya darajasining pasayishi O’zbekiston tovarlarining eksportini importga qaraganda ancha foydali qilib qo’yishi kerak edi. Lekin aslida tamoyil shuning teskarisini ko’rsatadi. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi jozibadorligiga ta’sir ko’rsatishi, shuningdek, O’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotni eksport qilishdan manfaatdorligini oshirishga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan kuchli vosita milliy valyutaning real kursini devalvatsiya qilishdan (devalvatsiya sur’atlari inflyatsiya sur’atlaridan yuqori bo’lganida) iboratdir. Shu maqsadda so’nggi yillarda O’zbekiston so’mining AQSh dollariga nisbatan silliq devalvatsiyasi amalga oshirib kelindi. Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosati, o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqmoqda. Qisqacha aytganda, mamlakatimizning valyuta siyosati ta’sirchanligi qanchalik oshsa, shu darajada iqtisodiyotimiz barqarorligi, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatimizning kelajagi kafolatlanadi.
Kurs ishi tadqiqodi natijasida mamlakatda alyuta siyosati samaradorligi va izchilligini oshirish yuzasidan quyidagi amaliy takliflarni ishlab chiqishga muvaffaq bo’ldim:
Markaziy bank monetar siyosatining samaradorligini oshirishda uning mustaqilligini ta’minlashga erishish lozim. Bunda Markaziy bankning viloyatdagi boshqarmalarini mamlakatni iqtisodiy regionlarga bo’lgan holda taqsimlansa, aytaylik 4 yoki 5 ta mintaqaviy boshqarmalarning faoliyati joylardagi hukumat organlaridan xoli ravishda olib borilardi.
Birjadan tashqari valyuta bozorini, ayniqsa, banklararo valyuta bozorini yanada rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish. Buni, banklararo bozor faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi qonun qoidalarni qabul qilish, ushbu bozor faoliyatini ta’minlovchi moliyaviy vositachilar va erkin muhit hamda moliyaviy ma’lumotlar yoki axborotlar ochiq-oydinligini ta’minlash.
”Qora bozor”ni yo’q qilish va valyuta kursini Markaziy bank tomonidan nazorat etilishi hamda muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun birinchidan, naqd xorijiy valyuta muomalasi borasida ayrim saqlanib qolgan valyuta cheklovlarini bekor qilish, ikkinchidan, valyuta birjasi savdo jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar va operatsiyalar ko’lamiga bo’lgan cheklovlar bekor qilinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralarini kеngaytirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’еktlarning tashqi iqtisоdiy faоliyatini yanada rivоjlantirish va ularni xоrijiy valyutada tushumlar оlishini yanada kеngaytirishga manfaatdоrligini kuchaytish maqsadida ushbu valyuta tushumlaridan tоvar turlariga muvоfiq amalga оshiriladigan majburiy sоtuv mе’yorlarini pasaytirish zarur.
Shu bilan birgalikda, rеspublikaga xоrijiy invеstitsiyalarni kеng ko’lamda jalb etish, rеspublika milliy iqtisоdini ko’tarish va qo’shma kоrxоnalar barpo etilishini jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz hududlarida tadbirkorlikning erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etish lоzim.
Rеspublika makrоiqtisоdiy muammоlaridan biri bo’lmish tashqi savdо balansi hоlatini yaxshilash uchun eksport faoliyati mavjud yoki ichki bozor uchun eksport mahsuloti o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqaruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, faoliyatning ushbu turlarini yanada rivojlantirishga raq’batlantiruvchi imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish lozim.