I bob. Milliy valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar valyuta siyosatining mohiyati va xususiyatlari 7


So’mning konvertatsiyasi va uning valyuta siyosatiga ta’siri



Yüklə 177,7 Kb.
səhifə11/15
tarix18.04.2023
ölçüsü177,7 Kb.
#99646
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
I bob. Milliy valyuta kursiga ta\'sir etuvchi omillar valyuta siy

2.2 So’mning konvertatsiyasi va uning valyuta siyosatiga ta’siri


Valyuta konvertastiyasi deganimizda bu bir davlatning valyutasini ikkinchi bir davlatning valyutasiga almashtirish tushuniladi. Qattiq valyutalar bilan bir qatorda qattiq bo’lmagan valyutalar bor. Qattiq valyuta deganda valyutaning boshqa davlatlar valyutasiga erkin ayirboshlanishi tushuniladi. Bularga AQSh dollari, Anglya funt sterlingi, Evropa evrosi, Yapon enasi va Shvetsariya franki misol bo’la oladi. Milliy valyutaning konvertastiyasiga erishish uchun birinchidan davlat o’zining milliy valyutasiga ega bo’lishi kerak. Milliy valyutani barqaror saqlab turish kerak. Milliy valyutani barqaror ushlash yo’llaridan biri iqtisodiyotni monetar siyosat orqali tartibga solishdir. Muomaladagi pul massasini tartibga solish, naqd pul mablag’larining, Moni, kerakli miqdoridan ortiqcha muomalaga chiqarmaslik, davlat byudjetining kamomadini pul emissiyasi yuli bilan qoplashni kamaytirish kabi chora - tadbirlar qo’llash zarur. Iqtisodiyotning rivojlanishi ma’lum bir bosqichga yetkizgandan keyin milliy valyutaning konvertastiya qilinishi masalasini o’rtaga tashlash lozim.
Ta’kidlash joizki, davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoitlar mavjud emas edi. Mustaqillik yillarida aynan shu shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Milliy valyutaning konvertastiyasi iqtisodiyotni jahon integratsiyasiga olib kelishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish korxonalarining, kichik va o’rta biznes tashkilotlarining yanada samaraliroq ishlashiga olib keladi.
Ichki valyuta bozorini rivоjlanishi va barqarоr faоliyat ko’rsatishi, mamlakat iqtisоdi va mоliyaviy sеktоrning rivоjlanishi, milliy valyuta erkin ayirboshlanishiga bеvоsita bоg’liq. Valyuta munоsabatlari bоrasida erkinlashtrish jaraqnlarini chuqurlashtirish, valyuta chеklоvlarini bеkоr qilish, milliy valyuta erkin ayirbоshlanishiga erishish uchun hukumatimiz tоmоnidan shart-sharоitlar yaratilib borilda.
Hozir 200 dan ko’proq davlatlar Xalqaro Valyuta Fondining a’zosidir va shulardan faqatgina 150 davlat Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi sakkizinchi moddasi yuzasidan o’z zimmalariga majburiyatlar olishgan.
O’tgan davr mobaynida davlatimiz milliy valyutasi “so’m”ning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyasini ta’minlash uchun bosqichma-bosqich barcha zarur sharoitlar yaratildi. Xususan, 2002 yilda O’zbekiston hukumati bilan Xalqaro Valyuta Fondi o’rtasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini isloh etishni, shu jumladan valyuta bozorini erkinlashtirishni nazarda tutadigan iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalari bo’yicha Memorandum imzolandi. Ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur Memorandumda ko’zda tutilgan barcha shartlar bajarildi.
Ana shu yo’nalishdagi chora-tadbirlarning amaldagi davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy banki “Joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha milliy valyuta konvertatsiyasini ta’minlash yuzasidan xarakat rejasi”ni ishlab chiqib, Xalqaro Valyuta Fondi rahbariyatiga taqdim etishdi.
Ta’kidlash joizki, Xalqaro Valyuta Fondi rahbariyati O’zbekiston hukumatining joriy xalqaro operatsiyalarni o’tkazishda valyuta bozorini batamom erkinlashtirish to’q’risidagi qaroriga yuqori baho berdi va mazkur tashkilоt O’zbekistonga tegishli yordam berish yuzasidan barcha ishlarni qilishga tayyorligini izhor etdi.
Joriy valyuta operatsiyalar bo’yicha milliy valyuta konvertatsiyasini taúminlash yuzasidan xarakat rejasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

  • ichki valyuta bozorida almashtirish kurslarini unifikatsiyalash;

  • korxonalar va tashkilotlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini yanada ham soddalashtirish;

  • naqd chet el valyutasini sotish va xarid qilishda axoliga qulayliklar yaratish;

  • tashqi iqtisodiy aloqaga oid operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha amaldagi tartibni yanada soddalashtirish.

O’zbekiston Respublikasi hukumati milliy valyutani xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha konvertastiyasiga erishish uchun zarur chora-tadbirlar qabul qilish niyatida ekanligini bildirdi. Ana shu maqsadda, 2003 yilning 27 iyunida O’zbekiston hukumati va Markaziy banki «Milliy valyutani xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha konvertastiyasini ta’minlash ish rejasi» ni qabul qildi. Ish rejasiga ko’ra, joriy yilning yakunigacha XVF ning maxsus kelishuvining VIII moddasini 2 (a), 3 va 4 chi bandlariga zid keluvchi valyuta cheklanishlari va bir necha valyuta kurslari amaliyotidan voz kechish ko’zda tutildi.
Hammaga ma’lumki, 2003 yil 26 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 416 va 420 sonli Qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar valyuta operatsiyalari bo’yicha bir qator erkinliklar yaratildi. Jumladan, 2003 yil 1 oktyabrdan boshlab import shartnomalari Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligidan oldindan ro’yxatga olinishi bekor qilindi, so’m mablag’larini chet el valyutasiga ashirboshlanishi uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro’yxati soddalashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 oktyabrdagi qaroriga asosan 15 oktyabrda O’zbekiston hududida XVF bitimining VIII moddasiga muvofiq milliy valyutani (so’m) xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha konvertastiyasi rasman joriy qilindi. Tovarlar eksport- importi, valyutalar oldi-sotdisi, bank qo’yilmalari, kreditlar, sarmoyalar va boshqa moliyaviy amaliyotlar bo’yicha foizlar, dividentlar va boshqa daromadlarni chet el va O’zbekistonga o’tkazish, shuningdek nosavdo tavsifidagi (o’qish, sug’urtalash, ish haqi, meros va boshqa daromadlar) daromadlarni o’tkazish bo’yicha hisob-kitoblarni yuritish yuzasidan konvertastiya amalga oshiriladi. Ushbu tadbir bir necha almashuv kurslariga barham berish, ayrboshlash shahobchalari orqali jismoniy shaxslar tomonidan valyutalar sotib olish, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha yuridik shaxslar uchun cheklovlarni olib tashlash imkonini beradi. Konvertastiya XVF va boshqa moliyaviy institutlar kreditlarini jalb qilmagan holda amalga oshirildi.
Milliy valyutamizning joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha konvertastiyalanishi uchun ko’pgina me’yoriy hujjatlarga o’zgartirishlar kiritildi. Shunga misol qilib 2003 yil 8 oktyabrdan boshlab O’zbekiston fuqarolariga valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali chet el valyutalarini sotishda mavjud bo’lgan barcha cheklovlar bekor qilindi. 2003 yil davomida valyuta bozorini erkinlashtirish hamda so’mning xalkaro joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashuvini ta’minlash maqsadida qilingan muhim tadbirlar natijasida 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasi Hukumati Xalkaro Valyuta Jamgarmasi Bitimlarining 8-moddasi bo’yicha majburiyatlarni o’z zimmasiga oldi.
Tabiiy savol tug’iladi. XVF Bitimlarining 8 - moddasi talablari nimalardan iborat? XVF Bitimlarining 8-moddasi talablari shundan iboratki, XVF ga a’zo bo’lgan mamlakat o’zinig milliy valyutasini xalqaro joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha konvertastiya qilinishi majburiyati o’z bo’yniga oladi. Hozirgi kunda XVF ga a’zo bo’lgan 200 ta mamlakatdan 150 tasi ushbu majburiyatni o’z bo’yniga olgan. Xalqaro joriy valyuta operatsiyalariga import va eksport shartnomalari bo’yicha to’lovlar, daromadlar bo’yicha to’lovlar, dividentlar bo’yicha to’lovlar, investitsiya daromadlari bo’yicha to’lovlar, chet elda ishlab topilgan ish haqlari jismoniy shaxslarning o’z mablag’larini chet elga ko’chirish va aksincha, valyuta shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotish va sotib olishlar misol bo’la oladi.
Yana bir tabiiy savol tug’iladi. Nima sababdan hozirgacha XVF 8-moddasiga imzolanmay keliyotgan edi? Ma’lumki, O’zbekiston o’tgan asrning 90-yillarida bir tomonlama rivojlangan, sobiq Ittifoq respublikalarini arzon xom-ashyo bilan ta’minlashga moslashgan iqtisodiyotga ega edi. Sanoatimiz esa yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarar edi. Boz ustiga korxonalardagi uskunalar eskirib, umuman ishdan chiqqan edi. Sanoat, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni chetdan katta miqdordagi valyutaga sotib olardik. Jumladan, O’zbekistonda neft va gaz zahiralari bo’lishiga qaramasdan yo’qilg’i mahsulotlari chetdan olib kelinardi. 90-yillarning boshlarida har yili salkam 1 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lgan energetika mahsulotlari chetdan import qilinardi. Birgina g’alla importi uchun o’sha davrdagi o’rtacha jahon narxlari bo’yicha har yili 600 mln. AQSh dollaridan ziyod mablag’ sarf qilinardi.
1993 yilning ikkinchi yarmida O’zbekiston rubl zonasidan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Bunga Hamdo’stlik mamlakatlarining o’z milliy valyutalarini joriy etishlari hamda rublning yagona emitenti Rossiya Bankining naqd pullarning etkazib berishdan voz kechishi sabab bo’ldi. Natijada hali barcha shart-sharoitlar yaratilmasdan turib 1993 yilda mamlakatimizda oraliq valyuta so’m-kupon muomalaga kiritildi. Mana shunday ogir sharoitda milliy valyutani erkin ayirboshlash uchun shart sharoit mavjud emas edi. O’sha paytda milliy valyutani erkin ayirboshlashga o’tish iktisodiyotdagi muammolarni keskinlashtirishga, respulikaning iqtisodiy qaramligini kuchaytirishga olib kelardi.
Boshqacha qilib aytganda, endi tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish uchun cheklashlar bo’lmaydi. Valyuta bozorini erkinlashtirish uchun XVF ning asosiy talablarini bajarish lozim edi. Valyutaning ayirboshlash kurslarining to’la bir xilligiga erishish jismoniy shaxslar ayirboshlash shaxobchalaridan hamda xo’jalik sub’ektlarining naqd pulsiz hisob kitoblar orqali erkin muomaladagi valyutani sotib olishidagi cheklashlarga barham berish. Bu shuni anglatadiki, naqd pulsiz valyuta bozorida pul almashtirishni amalga oshirish uchun zarur xujjatlar ro’yxati soddalashtirildi.

Yüklə 177,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin