I bob. Milliy valyuta kursiga ta\'sir etuvchi omillar valyuta siy
Deviz siyosati valyuta siyosatining usuli bo’lib, valyutani tartibga solishda valyuta intervenstiyasi orqali qo’llaniladi. Ma’lumki, Markaziy Bank deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli valyuta intervenstiyasi hisoblanadi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta intervenstiyasi deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta intervenstiyasidan ko’zlangan maqsad — valyuta kursining qisqa vaqt oralig’ida, kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlarga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o’zgartirish imkoniyatiga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat qila olmaydilar. Shu sababli, valyuta intervenstiyasidan maqsad valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi.
Valyuta intervenstiyasi o’tkazishning moddiy bazasi vazifasini 1930-yillarda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda tashkil qilingan maqsadli valyuta fondlari — oltin, chet el va milliy valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o’tadi. Hozirgi sharoitda bu fondlarning roli va yo’nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir. Masalan, Fransiyada bu maqsadli valyuta fondi mamlakat rasmiy oltin-valyuta zahiralarining summasi miqdorida ajratilgan fonddir. Fransiya Markaziy Banki o’zining intervenstiya operatsiyalari hajmini va xarakterini oshkor qilmaslik uchun uning o’lchov ko’rsatkichlarini matbuotda e’lon qilmaydi. AQShda maqsadli valyuta fondi haqiqiy ahamiyati va zaruratini yo’qotdi (uning hajmi 2 mlrd. AQSh dollari bo’lib, u 1934 yil tashkil topgan vaqtdan beri o’zgarmasdan qolmoqda). Chunki Federal Zahira banklari valyuta intervenstiyasini, asosan chet el markaziy banklarining "SWOP" bitimlari asosidagi kreditlari hisobiga amalga oshirmoqda. Buyuk Britaniyada maqsadli valyuta fondi, mamlakatdagi oltin-valyuta zahiralarini o’zida mujassamlashtirgandir.
Brettonvuds tizimi doirasida valyuta intervenstiyasi, asosan qat’iy belgilangan kurslar qadrini ushlab turish maqsadida o’tkazilardi. Intervenstiyani o’tkazishda asosiy valyuta AQSh dollari bo’lgani uchun AQSh boshqa davlatlarga uning kursini ma’lum darajada ushlash yuzasidan majburiyat qo’ydi. Yamayka tizimida suzib yuruvchi valyuta kurslariga o’tilgandan so’ng valyuta intervenstiyasi, asosan kurslar tez tebranishining oldini olish maqsadida o’tkazilardi. AQSh dollarini zahira valyuta sifatidagi roli pasayishi oqibatida valyuta intervenstiyasida AQSh dollari bilan bir qatorda nemis markasi hamda bir qator G’arbiy Evropa va Yaponiya davlatlari valyutalari qo’llanila boshlandi.
Hozirgi vaqtda har qanday intervenstiyaning oxirgi maqsadi valyuta bozoridagi vaziyatni barqaror ushlash hamda valyuta kurslari tez tebranishining oldini olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda tashqi iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlaydi.
Valyuta intervenstiyasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida hukumat tomonidan bozordagi holatni, mamlakatning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan moslash, xususan, milliy valyuta kursining oshib yoki tushib ketishining oldini olish, iqtisodiyotni xalqaro valyuta-kredit kon’yunkturasining salbiy ta’siridan saqlashlarini ko’rsatish mumkin. Ba’zan davlat o’z valyuta kursini real bo’lmagan kurs darajasida saqlashga harakat qiladi.
Ko’pgina markaziy banklar mamlakatning oltin-valyuta zahiralari bilan o’tkaziladigan operatsiyalarga ehtiyotkorlik bilan yondoshmoqstalar va kamroq xarajat talab qiladigan usullardan foydalanishga intilmoqdalar.
Oxirgi yillar davomida yetakchi mamlakatlar bir necha marta muvofiqlashgan valyuta intervenstiyasini o’tkazdilar. Ularning asosiy maqsadi bo’lib AQSh dollari kursini tushirish yoki hech bo’lmaganda uning kursi o’sishining oldini olish edi. Biroq, o’tkazilayotgan operatsiyalar summasi nisbatan kam bo’lganligi sababli, sezilarli yutuqlarga erishilmadi. Shunday bo’lsada shu narsa aniq bo’ldiki, alohida mamlakatlarning shartli intervenstiyasiga nisbatan muvofiqlashgan intervenstiyaning natijasi ta’sirchanroqdir.