Kurs ishining predmeti.Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini bajarishga doir ilmiy savollar, ushbu operatsiyalar chegaralanishi bilan bog’liq xususiyatlar, shuningdek zamonaviy valyuta operatsiyalari va munosabatlarini takomillashtirishdagi yo’nalishlar kurs ishimning predmeti bo’lib hisoblanadi.
Valyuta operatsiyalari, tijorat banklari va tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari nazorati bo’yicha davlat muassasalari faoliyatini takomillashtirish zaruriyati asoslanib berildi.
Ushbu faoliyatni takomillashtirish bo’yicha quyidagi birlamchi chora-tadbirlar amalga oshrildi.
Valyutani tartibga solish bo’yicha qonuniy-nornativ bazani takomillashtirish
Milliy valyuta barqarorligini ta’minlashi bo’yicha yo’nalishlarni faollashtirish, to’lov balansi muvozanati ta’minlash va valyuta kursi unifikatsiyasidan keyin O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish
I BOB. MILLIY VALYUTA KURSIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyuta kursining xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o’ynaydi. U iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani bir maromda ushlash, to’lov balansining ijobiy holatda saqlab turish muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda yyetakchi o’rin egallaydi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solish bozor va davlat tomonidan olib boriladi.Valyuta bozorida valyutaga talab va taklif shakllanadi va bundan kurslar nisbati yuzaga keladi. Bozor tomonidan tartibga solish, albatta, bozor qonuni – talab va taklifning muvozanatiga bo’ysunadi. Valyuta bozorlarida ushbu qonunlarning ishlashi mahsulotlar, xizmatlar, kapitallar va kreditlar harakati bilan bog’liq xalqaro moliyaviy oqimlar holati hisobga olgan holda valyutani ayirboshlashda kurslar nisbatini belgilab beradi.
Lekin avvaldan davlat valyuta munosabatlariga aralashib kelgan.Dastlab bilvosita, keyinchalik esa valyuta siyosatining jahon xo’jaligidagi o’rnini sezib, to’g’ridan-to’g’ri aralashishga intilgan.Chunki davlat tomonidan tartibga solinmasa, valyuta kurslaridagi keskin o’zgarishlar mamlakatda va jahonda tahlikaviy inqirozlarni yuzaga keltiradi va ijtimoiy-iqtisodiy qiyin oqibatlarga olib keladi.Iqtisodiy rivojlanishlar yuqorilab borayotgan bugungi kunda davlat mamlakatdagi iqtisodiy holat, ichki va tashqi bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, valyuta munosabatlarini tartibga solib turadi.Davlat mazkur tartibga solishni iqtisodiy siyosatning bir qismi hisoblangan valyuta siyosati orqali amalga oshiradi.
Davlat valyuta siyosatini belgilashda, avvalo, o’z ichki holatiga nazar tashlagan holda jahon tajribasidan kelib chiqib, kerakli usul va insrumentlardan foydalanadi. Aytaylik, hukumat muayyan bir paytda valyutaviy cheklashlarni2 amalga oshirishi mumkin.Chunki valyutaviy cheklashlar mamlakatlar hududidan oltin va valyuta qimmatliklari chiqib ketishining oldini olishda, chet el valyutalariga bo’lgan talabni tartibga solish maqsadida qo’llaniladi.
Valyuta siyosatining shakli va o’rni, mamlakatning iqtisodiy holati, jahon xo’jaligining rivoji, jahon maydonidagi o’rni bilan aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha shakllanib kelmoqda:
valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish
to’lov balansini barqaror ushlash.
Mamlakatlararo munosabatlarda valyuta siyosatining asosiy jihati o’zaro hamkorlik va
kelishuvdan iborat bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga ichki makroiqtisodiy siyosatiga moliyaviy maslahat xizmatlari orqali ko’mak berish hisoblanadi.
Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo’llaridan biri davlatning xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo, hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga solishning bevosita yo’li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo’l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan valyuta-kredit usullari bilan ta’sir etiladi.