1.2 Valyuta siyosatining asosiy usullari va instrumentlari
Markaziy bank quyilgan makroiqtisodiy maqsadlarga tug’ridan-to’g’ri erisha olmaydi, chunki uning vazifalari bevosita tusda emas. Markaziy bank iqtisodiyotni valyuta- monetar siyosati usuli va instrumentlari orqali tartibga solib turadi. Bunda usul va instrumentlar bilan pirovard makroiqtisodiy maqsadlar oralig’idagi maqsadlarni tanlash zarurati tug’iladi.
Jadval2.Valyuta-monetarsiyosatningasosiyusullari
Diskontsiyosatining instrumentlari
Markaziy bank hisob stavkasi
Foiz stavkalarini chegaralash
Har bir bank uchun kredit limitlari
Majburiy zahira talablari
Ochiq bozordagi operatsiyalar
Va boshqalar
Devizsiyosatining instrumentlari
valyuta zahiralarni diversifikastiya qilish,
valyutaviy cheklashlar
valyutaning almashuv darajasini boshqarish
valyuta kursining tartibi
devalvatsiya
revalvatsiya
valyuta intervenstiyasi
Diskont (foiz stavkasi) siyosativalyuta siyosatining usuli bo’lib, valyutani tartibga solishda foiz stavkasi orqali foydalaniladi. Foiz stavkasi — ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutloq kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.
Foiz o’zining iqtisodiy ma’nosi bo’yicha ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun to’lanadigan qo’shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me’yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo’ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog’liq, ya’ni: davr bosqichidan, inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan, Markaziy Bank siyosati va boshqalardan.