2-Mavzu: Ilk O’rta asr san’ati (IV-IX)
R E J A
- O’rta asrning badiiy – madaniy yuksalishi.
- Boshqa mamlakatlar bilan musiqiy aloqa.
- Borbad to’g’risida ma’lumot.
- Ansambl ijrochiligi.
O’sha davrdan boshlab O’rta Osiyoda Davlatlat yuzaga kela boshlaydi. (Bizning eramizgacha bo’lgan VII asr, bizning asrimizning VI-chlari). Bizning eramizgacha bo’lgan VII asrda Baqtriya, Sug’diya va Xorazm davlatlari IV-VI bizning asrimizda Oxamoniylar davrida A.Makidonskiy davlati, I-III asrlargacha Yunon — Baqtriyaliklar va O’rta Osiyoda Kushanlar davlatlarining paydo bo’lishi bizga misol bo’la oladi. SHu vaqt davomida qadimiy shaharlar bo’lmish Balx, Samarqand, Marv yuzaga keladi. Olimlarning fikricha O’rat Osiyoda quldorlik jamiyati bizning asrimizgacha paydo bo’lgan. O’sha vaqt davomida O’rta Osiyo hududida birqancha erlar zuravonlik tarzida ham qo’shib olingan. SHu bilan birga O’rta Osiyoda birqancha bosqinchilik urushlari bo’lib o’tgan. Oxamoniylar podshohligi davrida Yunon lashkarboshilari va har xil ko’chmanchi qabilalar bu erni talaganlar
. "Avesto"ning o`zi aslida ijro vositasida og`zaki tarqalib, faqat keyinchalik kitob shakliga keltirilgan arkonlar majmuasidir. Uning oyatlari va, ayniqsa, madhiyalar qismini tashkil etuvchi - xatlar (bunda so`z oxiridagi "t" harfi juda yumshoq talaffuz etilib, so`nggi davrlarda "goh" shakliga aylanganligi ham ehtimoldan xoli emas: - yakgoh, dugoh, segoh va h.k.) maxsus kuy tizimini tashkil etuvchi ohanglarda yoqimli ovoz bilan tarannum etilgan, deb topilmoqda.
"Avesto"da "sruna" deb ataluvchi "sirli eshitish" tushunchasi bo`lgan ekan. Tinglash, quloq orqali vujudga ozuqa olishni zardo`shtiylar muqaddas tuyqu qisoblaganlar. Dini islomda esa eshituvchilik (same’) hissi Allohning sifatlaridan biri!
Qizig`i shundaki, zardo`shtiylar faqat unli tovushlar go`zalligidan emas, balki olov hovri (kuyi), hattoki jimlikni eshitib lazzatlanishga odatlangan ekanlar. Musiqa badiyat, san’at sifatida tom ma’noda ijro etish va uni eshitishdan boshlanadi. Sozanda kuyning yaratuvchisi bo`lsa, eshituvchi uning qabul qiluvchisidir. Xalqimizda "sozandaga chinakam baho beruvchi, uning ustozi va talabgori - eshituvchi" degan gap bor. Bunda tushunib eshituvchi - xos shinavanda ko`zda tutiladi, albatta.
Mumtoz musiqamizning "zamzama", "tarona" (eski shakli "taronik" – “taronacha”, "buxorcha", "farqonacha"ga o`xshagan uslub tushunchasi), "suvora" ("asp ros") kabi iboralarining ildizlari ham "Avesto" davrining urf-odatlariga borib taqaladi Zikr etilgan eski musiqiy belgilar, keyingi davrlar mafkurasiga binoan yangicha ma’no va mazmunlar bilan to`ldirilgan, albatta. qanday bo`lmasin bu ramzlar zamonlar osha bizgacha moziydan yetib kelgan sadolarga aloqador so`zlardir.
Buni arxeologiya,etnografiya va boshqa fanlar bergan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida O`rta Osiyoda musiqa asboblarining asosiy - ya’ni urib chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi.
”Navro’z” bayramini nishonlash (bahor faslini kirib kelishi) Xorazm va Sug’d davlatlarida odatga kirib qolgan edi. Bu bayramlarni o’tkazishda qo’shiq, raqs va musiqa kuylari alohida o’rinni egallagan. ”Navro’z” bayramlarida musiqa sadolari ostida ko’pkarilar, har xil o’yinlar, kamon otish musobaqalari o’tkazilar edi. Pomir tog’i bag’ridagi xalqlar ”Navro’z” bayramida setor, rubob, nay, dapp yoki doira asboblarini ishlatardilar. Umuman ”Navro’z” bayrami yil fasillarining manzaralarini, dehqonlarning mehnatini, orzu-umidlarga etishlarini, kecha va kunduzning tengligi to’g’risidagi xalq marosimi hisoblanadi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |