Reja: X-XI asrgacha bo`lgan davrdagi musiqa madaniuat


-Mavzu: Ilk O’rta asr san’ati (IV-IX)



Yüklə 19,24 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü19,24 Kb.
#189071
1   2   3
1. X-XI asrgacha bo`lgan davrdagi musiqa madaniuat. Avesto va -fayllar.org

2-Mavzu: Ilk O’rta asr san’ati (IV-IX)


R E J A
- O’rta asrning badiiy – madaniy yuksalishi.


- Boshqa mamlakatlar bilan musiqiy aloqa.
- Borbad to’g’risida ma’lumot.
- Ansambl ijrochiligi.
Tayanch iboralar: Avesto kitobi. SHiroq qo’zg’oloni. Navro’z bayramlari. Musiqiy asboblar.

O’sha davrdan boshlab O’rta Osiyoda Davlatlat yuzaga kela boshlaydi. (Bizning eramizgacha bo’lgan VII asr, bizning asrimizning VI-chlari). Bizning eramizgacha bo’lgan VII asrda Baqtriya, Sug’diya va Xorazm davlatlari IV-VI bizning asrimizda Oxamoniylar davrida A.Makidonskiy davlati, I-III asrlargacha Yunon — Baqtriyaliklar va O’rta Osiyoda Kushanlar davlatlarining paydo bo’lishi bizga misol bo’la oladi. SHu vaqt davomida qadimiy shaharlar bo’lmish Balx, Samarqand, Marv yuzaga keladi. Olimlarning fikricha O’rat Osiyoda quldorlik jamiyati bizning asrimizgacha paydo bo’lgan. O’sha vaqt davomida O’rta Osiyo hududida birqancha erlar zuravonlik tarzida ham qo’shib olingan. SHu bilan birga O’rta Osiyoda birqancha bosqinchilik urushlari bo’lib o’tgan. Oxamoniylar podshohligi davrida Yunon lashkarboshilari va har xil ko’chmanchi qabilalar bu erni talaganlar.


Bizninig eramizgacha bo’lgan 529 yilda O’rat Osiyoni Kir nomli forslar shohining o’g’li Kanbis qo’lga oladi. Kanbisdan keyin Doro- I hududni ancha kengaytirib olgan. Lekin baribir O’rta Osiyo xalqlari o’zlarining ozidliklari uchun, Vatanlarini himoya qilish uchun birnecha marotaba qo’zg’olonlar ko’tarib kurashadilar va bu kurashlar xalq ijodiyotida, dostonlarida aytilgan. Masalan: SHiroq qo’zg’olani.
Dostonlar bilan bir qatorda xalq qo’shiqlari ham ijro etilar edikim, bu qo’shiqlarda xalq ozodlik, erkinlik to’g’risidagi g’oyalarni olg’a surardi. O’sha davrning ko’zga ko’ringan dostonlaridan biri bu Rustam haqidagi doston bo’lib bu botir kishi qiyofasida biz qahramon pahlavon qurqmas insonni ko’ramiz.
Musiqa kuylari ham o’sha davrdagi har xil xalq marosimlarida faol ishlatilardi. Bu kuylar qadimiy Hindiston (Regvedi) kitobidagi aytishuvlarga o’xshab ketardi. SHu kuylardan biri Yasht nomi bilan qadimiy ”Avesto”da alohida tilga olinar edi. Bu kuy va qo’shiqda (gimnda) baxt haqida kuylanardi. Har xil marosimlarda ijro etiladigan kuy va qo’shiqlar raqslar bilan boyitilardi.
Sosoniylar sulolasi davridagi (III asr 226 yillaridan boshlab) qadimiy idishlarga xudo Anaxitga bag’ishlangan marosimlarni o’tkazish suratlari chizilgan. Bu suratlarda Anaxit atrofida har xil badbashara maxluqlar uralib o’zlarining muqaddas raqs vositalari bilan sig’inishlari aks ettirilgan. SHu xildagi diniy marosimlar Anaxit, Mitra hukumdorligidan qadimiy O’zbekiston hududidan boshlab to Zardushtiylar davrigacha rivojlanib kelgan.
Xulosa qilib aytganda biz ”Avesto” kitobidan o’tmishdagi ertaklar, sig’inishlar va gimnlarni fidoiylar (jretsi) tomonidan ”muqaddas” olov atrofida ijro etilib bu qo’shiqlar muqaddas qo’shiqlargacha aylanganlar. ”Muqaddas” olovlar atrofidagi marosimlar, suvlar atrofida o’tkaziladigan sig’inishlar bularning hammasi albatta musiqa jo’rligida o’tkazilar edi. Bu marosimlar bizgacha etib kelgan. Masalan: Kelin bilan-kuyovni gulxan atrofida uch marotaba aylantirish yoki gulxan atrofidagi o’yinlar va hokozo.
Bu marosimlarni o’tkazishda o’sha davrlarda asosiy musiqa asboblari hisoblanmish urg’u asboblari: dapp, doira va nog’oralar; torli asboblardan chang va qonun; puflab cholinadigan asboblardan nay, surnay, yovvoiy nay hisoblangan. O’sha yillar davridagi sharoitlarni aks ettiradigan har xil hikoyolar va ertaklar Sug’id bozorlarida o’tkaziladigan marosimlarida chang va qonun asboblarini ko’proq ishlatilishi ta’kidlab o’tilgan. CHang asboblari bilan bir qatorda puflab cholinadigan asboblar to’g’risida ham so’z yuritilgan.
”Navro’z” bayramini nishonlash (bahor faslini kirib kelishi) Xorazm va Sug’d davlatlarida odatga kirib qolgan edi. Bu bayramlarni o’tkazishda qo’shiq, raqs va musiqa kuylari alohida o’rinni egallagan. ”Navro’z” bayramlarida musiqa sadolari ostida ko’pkarilar, har xil o’yinlar, kamon otish musobaqalari o’tkazilar edi. Pomir tog’i bag’ridagi xalqlar ”Navro’z” bayramida setor, rubob, nay, dapp yoki doira asboblarini ishlatardilar. Umuman ”Navro’z” bayrami yil fasillarining manzaralarini, dehqonlarning mehnatini, orzu-umidlarga etishlarini, kecha va kunduzning tengligi to’g’risidagi xalq marosimi hisoblanadi.
Qahramonlarni e’zozlaydigan qo’shiqlar eng qadimiy xalq musiqa merosiga kiradi. Masalan: xalq qahramonlariRustam, Siyovush to’g’risidagi dostonlat so’zimiz isboti bo’la oladi. Bahodir Rustam to’g’risidagi xalq dostonida Rustamning shoh qizi Taxminaga bo’lgan muxabbati, So’hrob ismli o’z o’g’li bilan uchrashmagani, xalq, Vatan manfaatlarini ko’zlab dushmanlarga bergan zarbalari shu dostonlarda kuylanadi. Bu dostondagi kuy va qo’shiqning hammasi Firdavsiyning ”SHohnoma”sida yozilgan. Xalq musiqa asboblaridan eng qadimiysi karnay, rubob, chang va rud asboblari ”SHohnoma”da bir necha marotaba tilga olingan.
XVI asrning mashhur musiqashunos olimi Darvesh Ali CHangiyning yozilishi rud asbobi bu kamon bilan cholinadigan asbob bo’lib yuz tomonining ikki tarafida teri tortilgan.
O’zbekxalq dostonlari boshqa xalqlar dostonlariga o’xshab qadimiy tarixga egadir. Dostonlarda ijro etiladigan kuy va qo’shiqlar har xil usullarga (ritmalarga) boydir. Asosiy zarb berib turadigan asbob bu doiradir. Doira bilan bir qatorda nog’ara ham muhum ahamiyatga ega.
SHunday qilib O’rta Osiyo xalqlari qadimiy zamonlardan boshlab (shu jumladan O’zbekiston hududlari ham) boy madaniyatli musiqa san’ati, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xalq hayoti bilan birga yashar edi. Anashu zamonlardan boshlab xalq musiqa san’ati o’zining ma’lum yo’nalishlariga ega bo’la boshladi va bu yo’nalishlarni biz maqom yo’nalishlarining boshlanishi deb hisoblaymiz. Milliy musiqa asboblari ham qadimiy zamonlardan o’zbek xalqlari hayotida alohida o’rinni egallab kelmoqda.



Yüklə 19,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin