Reja: Xarajatlar va uning tarkibi



Yüklə 73 Kb.
səhifə3/3
tarix12.07.2023
ölçüsü73 Kb.
#136433
1   2   3
Ishlab chiqarish foyda

O’rtacha хarajat (AC) firmaning mahsulot birligiga to’g’ri kelgan хarajatlardan iborat. O’rtacha хarajatni ham o’rtacha doimiy хarajatga (AFC) va o’rtacha o’zgaruvchan хarajatga (AVC) bo’lish mumkin. O’rtacha doimiy хarajat mahsulot miqdorini ko’payishi bilan doimo kamayadi va aksincha

mahsulot miqdorini, miqdorini kamayishi bilan u ko’payadi. O’rtacha o’zgaruvchan хarajat (AVC) bo’lsa mahsulot miqdorini o’zgarishi bilan ko’payadi yoki kamayadi. O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:


AFC= TFC
Q
Bu yerda: AFC-o’rtacha doimiy xarajat; TFC-doimiy xarajatlar summasi.

  1. Qo’shimcha хarajatlar (MC) хar bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun sarflangan хarajat hisobiga umumiy хarajatni o’sgan qismi. Doimiy хarajat har doim o’zgarmas bo’lganligi uchun qo’shimcha doimiy хarajat хar doim “0” ga teng (MFSq0). SHuning uchun ham qo’shimcha xarajat –xar doim qo’shimcha o’zgaruvchan xarajatdan iborat bo’ladi.

Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda Foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). Foyda 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh, natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali Foyda ni koʻpaytiradi. Shu sababli Foyda ni koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda Foyda ning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, Foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi Foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma Foyda ni eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, Foyda miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi.


Foydaning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi (Gʻ") nisbiy koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib, qanday Foyda koʻrilganini bildiradi va u orqali Foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi.
Foyda koʻrilgan. Foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. Foyda koʻrish tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim Foyda normasini oshirishga intilish saklanib qoladi.
Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa, Foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar Foyda normasi goqori boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp Foyda olish mumkin, bordiyu Foyda normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib Foydani koʻpaytirish mumkin. Foyda maksimumlashtirish uchun ham Foyda normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan Foyda massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyapar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan Foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada Foyda normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan Foyda miqdori qisqarmaydi. Agar Foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa Foyda massasining ortishi yuz beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. ,, Tadbirkorlik subyektlarini xuquqiy ximoya qilish tuzumini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Prezidentining Farmoni. 2005 yil, 14 iyun.

  2. I. A. Karimov. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish-bosh yo’limiz. Toshkent ,, O’zbekiston ”, 2002 yil.

  3. ,,Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to’g’risi” da. O’zbekiston Respublikasining qonuni. 1999 yil 14 fevral.

  4. Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G’afurov ,, Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent ,, Moliya “ 2005 yil.

  5. Kichik Biznes va Xususiy Tadbirkorlikni tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish. Toshkent-,, Fan va Texnologiya” 2005 yil.

  6. O’zbekiston Respublikasining ,,Korxonalar to’g’risida” gi qonuni. Toshkent “Adolat” nashryoti 2010 yil.

  7. ,,O’zbekiston Milliy Iqtisodiyoti” O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashryoti, Toshkent 2004 yil.

  8. Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G’ofurov. Iqtisodiyot nazariyasi, Toshkent,

,,Iqtisodiyot-Moliya” 2010 yil.

  1. www.ziyonet.uz Kutubxonasining Iqtisodiyot va boshqaruv bo’limi 10.www.referatlar.uz Referatlar , Iqtisodiyot bo’limi

11.www.ref.com Referatlar, Iqtisodning 1-bo’limi 12.www.skachat.uz ma’lumotlar bazasi 13.www.xalqso’zi.uz Xalq so’zi gazetasi
Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin