Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari Xufyona
Yashirin iqtisodiyot, xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.
YA.i. murakkab koʻp bosqichli hodisa, uning tur va shakllari xilmaxil. Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiyijtimoiy oqibatlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: 1) jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo maʼn etilgan, qonun yoʻli bilan taʼqib etiladigan ishlar bilan shugʻullanish, mas, narkobiznes, pornobiznes, qurol biznesi va h.k.; 2) gʻayriqonuniy, gʻayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab oʻzlashtirib olish, mas, oʻgʻirlik, bosqinchilik, reket, poraxoʻrlik; 3) ikkilamchi iqtisodiyot — kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1—2 va 5—10 kishi band boʻlgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmati koʻrsatish, q.x., qurilish, savdo, kiyimkechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan; 4) rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qoʻshimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qoʻl urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qoʻshimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish; 5) mansabni suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xattiharakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxoʻrlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin; 6) qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos boʻlib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qoʻshib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar Yashirin iqtisodiyot dagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qatʼiyan taqiqlanadi, hamma choralar bilan unga qarshi kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy boʻlsada kishilar talabehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantiriladi.
YA.i. miqyosi yashirin iqtisodiy aylanma, yaʼni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Aylanma xufiyona boʻlganidan uning aniq hisobkitobi boʻlmaydi. Buning oʻrniga uni taxminan baholash usuli qoʻllaniladi.21-asrga kelib iqtisodiyotining globallashuvi oqibatida Yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib xalqaro darajaga koʻtarildi. Yashirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi Yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga koʻchirilishida, nojoʻya biznes ishlari bilan shugʻullanuvchi xalqaro firmalarning paydo boʻlishida koʻrinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yashirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, offshor zonalar orqali gʻayri qonuniy yoʻllar bilan topilgan pulni "halollab" olish kabilarni koʻrsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tugdiradi. Pulni chet mamlakatga yashirin chiqarib "halollab" olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqaro hamjamiyat maxsus tashkilot — Xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil etgan (36 mamlakat aʼzo; 2000).
Xufyona iqtisodiyot daromadlarni soliqqa tortishdan yashirishda namoyon bo‘ladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari quyidagilardan iborat:
-turli banklarda bir necha hisob raqamlarini ochib, ular orqali buxgalteriya hisobida to‘liq ko‘rsatilmagan holda pul operatsiyalarini amalga oshirish;
-trast, veksel va boshqa hisoblardan foydalanish;
-“ikkiyoqlama buxgalteriya” yuritish, naqd pullar bilan muomala qilish, shu orqali daromad va pul tushumlarini soliqdan yashirish;
-korxonani bir shahar, tumanda ro‘yxatdan o‘tkazish, ammo hisob raqamini boshqa shahar, tumandagi banklarda ochish orqali korxona soliq to‘lashdan ro‘yxatga olingan joyida ham, faoliyat yuritgan joyida ham qochadi, ya‘ni bo‘yin tovlaydi;
-hisobga olinmagan xarajatlar xisobiga sotilayotgan mahsulot (xizmat, ishlar)ning tannarxini oshirib ko‘rsatish;
-rasmiy hisob va to‘lov xujjatlarida tomonlarning kelishuviga asosan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati past narxlarda ko‘rsatiladi, uning qolgan qismi nakd pul shaklida o‘zaro taqsimlanib olinadi. Naqd pullardagi daromad soliqqa tortishdan yashiriladi.
Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotnint qaysi sektorga, ya‘ni norasmiy, kriminal, faktiv, xufyona yoki ochiq, rasmiy iqtisodiyotga tegishli ekakligini aniqlashda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi:
- davlatning fiskal (soliq) manfaatlari;
- YaIMning real hajmi;
- huquqiy parametrlar;
- xo‘jalik sub‘ektlari o‘zaro harakati tavsifi.
Xufyona iqtisodiyot doirasida amalga oshiriladigan operatsiyalarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
-to‘liq buxgalterlik hisobidan chiqarilgan, hech qayerda hisobga olinmaydigan xo‘jalik-moliya operatsiyalari. Bunday operatsiyalar huquqiy jihatdan ro‘yxatga olingan va umuman ro‘yxatga olinmagan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi;
-qisman yashirilgan operatsiyalar. Bunda korxonalar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni bir qismi, ya‘ni olingan daromadning bir qismi buxgalteriyada hisobga olinmaydi, soliqqa tortishdan yashiriladi.