Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar) sanoat chastotasidagi (50 Gs) o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. PCh diodlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega bo‘lgan to‘g‘rilangan toklar olish. To‘g‘rilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bo‘lgan to‘g‘rilangan toklarga mo‘ljallangan kichik, o‘rta va katta quvvatli diodlarga bo‘linadi. PCh diodlari katta r-n o‘tish bilan xarakterlanadilar.
Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar)o‘n va yuz megagers chastotagacha bo‘lgan signallarni nochiziqli elektr o‘zgartirishga mo‘ljallangan. YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota o‘zgartirgich sxemalar va boshqalarda qo‘llaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega bo‘lgan nuqtaviy r-n o‘tishga ega va shu sababli ularning to‘siq sig‘imi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.