Reja: Yalpi ichki mahsulot haqida ma'lumot



Yüklə 10,11 Kb.
tarix30.04.2023
ölçüsü10,11 Kb.
#105048
növüReferat
yaim vauningharakiti (1)



REFERAT
MAVZU : YALPI ICHKI MAHSULOT VA UNING HARAKAT SHAKLLARI
REJA:
1.Yalpi ichki mahsulot haqida ma'lumot
2.Yalpi ichki mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.
3.Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari.

Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YIMA davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi. YIM ushbu yildagi narxlarning oʻsishini joriy narxlarga (nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi. YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi.[2] YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun "Bozor qiymati" deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.Yalpi ichki mahsulot mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich ham hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi.Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti Xalqaro valyuta fondining 2021-yildagi maʼlumotlariga koʻra, 318.5 trilion so'mni tashkil etadi.[4] Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Masalan, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMTning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning keng tarqalgan usullaridan yana biri - yakuniy iste'mol (xarajatlar) usulidir. Ushbu usulda YAIM uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari, davlatning joriy xarajatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy xarajatlari, investitsiya xarajatlari va sof eksportning (eksport va import orasidagi farq) yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ushbu usul yordamida aholining xarajatlari va uning tarkibi, investitsion faollik va mamlakatning tash¬qi dunyo bilan aloqalarini iqtisodiy jihatdan baholash mumkin.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzada ta'kidlaganidek, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foizga o‘sdi». Bu esa mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan faol ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning natijasidir.2015 yilda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,5 foizni, qishloq xo‘jaligi 16,6 foizni tashkil etgan. YAIM hajmining ortishi aholi turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.Birinchidan, YAIMning ortishi aholi daromadlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili 1 tonna pomidor yetishtirilib, kilosi 1500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, jami daromad 1,5 million so‘mni tashkil etadi. Bu yil esa xuddi shu yer maydonidan pomidor yetishtirishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda 1,5 tonna pomidor yetishtirilib sotilsa, jami daromad 2,25 million so‘mni (pomidor narxi o‘zgarmagan deb olinsa) tashkil etadi.Ikkinchidan, yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi natijasida byudjetga kelib tushuvchi soliq tushumlari hajmi ortadi. Bu esa davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.Uchinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining ish bilan bandligi ortadi.To‘rtinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida ichki bozorlar to‘ladi va mahsulotlarning narxi bar¬qarorlashadi.
Yüklə 10,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin