Reja: Yangi davrda aqsh qonunchiligi va huquqi tarixi



Yüklə 55,04 Kb.
tarix17.04.2023
ölçüsü55,04 Kb.
#99475
521 DHT AQSH 1




Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakultet 521-guruh talabasi Xoliqulov Abdurahmonning Davlat va huquq tarixi fanidan
tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI




Tayyorladi:
Topshirdi :
Mavzu: Yangi davrda AQSh qonunchiligi va huquqi tarixi
Reja:

  1. Yangi davrda AQSH qonunchiligi va huquqi tarixi

  2. Yangi davrda AQSH Parlamentining huquqiy maqomi

AQSh davlat tuzilishi 1607-1776 yillarda Amerikada amalda bo‘lgan ingliz mustamlaka tizimi davrlaridagi huquqiy negizlar va institutlardan boshlanadi. AQSh konstitutsiyaviy tamoyillari, bundan tashqari, shubhasiz, Buyuk fransuz burjua-demokratik inqilobidan oldingi davr siyosiy-huquqiy g‘oyalari ta’sirida ham shakllangan. Amerika huquqiy maktabi an’analariga muvofiq, AQShda amalda bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijroiya, ma’muriy, sud va boshqa organlarning ulkan, beso‘naqay, sertarmoq va serqamrov, o‘ta murakkab tizimi AQSh Konstitutsiyasi asosida shakllangan va faoliyat yuritadi, deb hisoblanadi.

AQShda bir vaqtning o‘zida sudlarning yagona federal tizimi va 50 shtatning har birining, Kolumbiya okrugining va to‘rt federal hududning mustaqil sud tizimlari faoliyat yuritadi. Federal sudlar vakolatiga, avvalo, federal qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoyat ishlarini, hamda federal hukumatga nisbatan da’volar bo‘yicha va federal qonunlarni qo‘llash bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha yoki ikki turli mamlakatlarda yashovchi fuqarolar o‘rtasida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha (bunda da’vo miqdori 10 000 dollardan kam bo‘lmasligi kerak) fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish kiradi. Qator masalalar bo‘yicha federal sudlarning va shtatlar sudlarining vakolatlari jinoyat ishlari bo‘yicha ham, fuqarolik ishlari bo‘yicha ham mos keladi, bu esa ularning vazifalarini chegaralash yuzasidan o‘ta murakkab qoidalarni ishlab chiqishga olib keldi.

Federal sud tizimiga AQSh Oliy sudi, apellyatsiya va okrug sudlari, shuningdek, maxsus sudlar kiradi. Federal sudlarning butun tizimiga AQSh Oliy sudi rahbarlik qiladi va u bir vaqtning o‘zida oliy davlat muassasalari tizimida Kongress va Prezident bilan bir qatorda o‘ta muhim maqomga egadir. AQSh Oliy sudi AQSh Konstitutsiyasida tilga olingana yagona sud muassasasi bo‘lib, to‘qqiz sudyadan iboratdir, bu sudyalarning birini AQSh Prezidenti rais etib tayinlaydi. Oliy sud a’zolari, shu jumladan rais ham, prezident tomonidan tayinlanib, Senatda tasdiqlanadi. Oliy sud birinchi instansiyada ikki yoki undan ortiq shtatlarning o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni, taraflarning biri xorijiy davlat elchisi bo‘lgan da’volar bo‘yicha ishlarni va boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi (amaliyotda bunday ishlar turi juda kamdir). Uning asosiy funksiyasi – quyi turuvchi federal sudlar va shtatlar sudlarining qarorlariga keltirilgan va “federal masala”ga daxli bo‘lgan shikoyatlarni, shuningdek, biror shtat qonuni yoki AQSh Kongressining biror akti AQSh Konstitutsiyasiga zid kelishi to‘g‘risidagi har qanday sud qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi iltimoslarni ko‘rib chiqishdan iboratdir. Oliy sud shuningdek, apellyatsion sudning iltimosi bilan, fuqarolik yoki jinoyat ishi yuzasidan yuzaga kelgan biror-bir huquq masalasini tushuntirish va unga majburiy sharh berish huquqiga ham ega. Oliy sud ishlarni yetarlicha jiddiy va umumahamiyatga ega deb topgan hollarda, ularni o‘z tashabbusi bilan o‘z ish yurituviga olishi mumkin, biroq bunday hollar juda kamdan-kam uchraydi.

Davlat boshqaruvi tuzilishida AQShning federativ tuzilishining shartliligi xususiyati namoyon bo‘ladi. Mamlakatda rasman yagona davlat xizmati vujudga kelmagan. Har bir shtat o‘zining ma’muriyboshqaruv apparati ega. Lekin bu amalda umumdavlat tarqoqligini anglatmaydi. Prezident va umumfederal idroalar boshliqlarining farmoyishlari so‘zsiz bajariladi. Albatta, bularning qo‘lida turli ta’sir o‘tkazuvchi, birinchi navbatda moliyaviy vositalar mavjud. Natijada boshqaruvning markazlashtirilishi prezident boshchiligidagi ijroiya hokimiyatining kuchayishi bilan chambarchas bog‘liq.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Kongress
Ijro etuvchi hokimiyat Prezident
Sud hokimiyati Oliy sud va Kongress tomonidan tashkil qilinadigan quyi federal sudlar
Senat
Vakillar palatasi
Kongress federal mansabdor shaxslarni, jumladan, prezidentni ham impichment tartibida sud qilish huquqiga ega. Bunda tergov ishlarini vakillar palatasi olib boradi, senat esa sud qiladi. Konstitutsiyaga binoan, federal Kongress poshlina va soliqlarni belgilash, pul tamg’alash va uning qiymatini belgilash, chet mamlakatlarga va ayrim shtatlarga qarz berish, tosh-tarozi, og’irlik o’lchov birliklarini o’rnatish, ichki va tashqi savdoni tartibga solish, sudlarni tashkil etish, qo’shma shtatlarning mudofaasini ta’minlash, urush e’lon qilish, armiya va flot tuzish va ta’minlash, federal qonunlarni ijro qilish va qo’zg’olonlarni bostirish uchun politsiyadan foydalanish kabi huquqlarga ega boʻlgan.

Shuningdek, Konstitutsiyada kelajakda Kongressning huquqlari kengaytirilishi mumkinligi nazarda tutildi. Konstitutsiyaga binoan federal Kongressning tergovsiz sud qilish haqida, dvoryanlik imtiyozlarini joriy qilish haqida va shu kabi qonunlarni qabul qilishi qat’iyan man qilindi. Federal organlar xalqaro munosabatlarda AQSH nomidan harakat qilish va shartnomalar tuzish huquqiga ega.

Senat har bir shtatning qonun chiqaruvchi majlisi tomonidan ikkitadan olti yil muddatga saylanadigan senatorlardan tashkil topadi. Senatning uchdan bir qismi har ikki yilda Yangilanib turishi kerak. Vakillar palatasi proporsional saylov tizimi asosida – aholi soniga qarab xalq, ya’ni saylov korpusi tomonidan ikki yil muddatga saylanadi. Hamma saylovlar juft sonli yillarda o’tkaziladi. Qonun avval vakillar palatasida qabul qilinadi va so’ng senat tomonidan tasdiqlanadi. Senatning roziligisiz bironta ham qonun qabul qilinishi mumkin emas. Qabul qilingan qonun prezident tomonidan imzo qo’yilgandan keyin kuchga kiradi.

Konstitutsiyani oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish uchun juda murakkab tartib oʻrnatilgan. Konstitutsiyaga qo’shimcha faqat Kongressning har ikkala palatasining yoki maxsus chaqirilgan Konvent a’zolarining uchdan ikki qismi ijobiy ovoz bergandagina hamda bu qo’shimchalar to’rtdan uch shtatlarning qonun chiqarish majlislari tomonidan ma’qullangandagina qabul qilingan deb hisoblanadi. Saylov huquqi turli shtatlarda ularning Konstitutsiyalari bo’yicha turlicha edi. Xotin-qizlar, negrlar va mahalliy hindular saylov huquqlaridan mahrum etilgandi. Unda yuqori mulk, o’troqlik, ma’lumot senzlari va boshqa cheklashlar mavjud edi.



Konstitutsiyada mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Konstitutsiyada qul savdosi va qochoq qullarni qaytarish haqida alohida modda bor edi. Konstitutsiyada demokratik huquq va erkinliklar, shtatlarning suveren huquqlari haqida hech narsa deyilmagan edi. Shuning uchun Konstitutsiya ayrim shtatlar tomonidan tasdiqlanishi davrida bu kamchiliklar ko’rsatildi.. Konstitutsiya ko’pchilik shtatlar tomonidan tasdiqlangan bo’lsa ham, ammo 1789-yilda federal Kongress unga “Huquqlar to’g’risidagi Bill” (qonun) deb ataluvchi birinchi 10ta tuzatish kiritdi va bu tuzatishlar faqat 1791-yilda barcha shtatlar tomonidan tasdiqlagach, kuchga kirdi.
Yüklə 55,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin