Ommaviy axborot vositalari nazariyasi — ijtimoiy informatsiyaning paydo bo`lishi va tarqalishi hamda bu borada asosiy o`rin tutuvchi ommaviy axborot vositalari – gazetalar, jurnallar, radio, teleko`rsatuvlar, axborot agentliklarining ishi, faoliyatini o`rganuvchi fandir. Boshqacha qilib aytganda, mazkur kurs matbuot haqida, uning ilmiy-obyektiv qonuniyatlari haqida bahs yuritadi.
Ommaviy axborot vositalari – gazeta, jurnal, radio, televidenie, axborot agentliklari, internet jurnalistikasi jamiyat yangilanayotgan, hayot yangicha mazmun kasb etayotgan hozirgi paytda erkin so‘z, hur fikr va ozod inson taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga, insonlar faoliyatining barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi g‘oyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda, hozirjavob minbarga aylanmoqda. Bu mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanayotgan ayni davrda, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining XV bobida ham, Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir, deb ko’rsatib o’tilgan.