Biz oʻn yillar, asrlar davomida amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “Inson – jamiyat –davlat” tamoyiliga oʻzgartirdik. Yurtimizda “Davlat – inson uchun” gʻoyasi amal qila boshladi. Qonun va adolat ustuvorligini taʼminlash – Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir. Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, qonun ustuvorligini taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish ishlari hayotga izchil tatbiq etilmoqda, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi rolini oshirmoqdamiz. Konstitutsiya va qonun normalari soʻzsiz ishlashi uchun ishonchli huquqiy kafolat yaratilmoqda. Inson huquqlari sohasida ham holat tubdan oʻzgardi. Majburiy mehnat va bolalar mehnati toʻliq bartaraf etildi. Inson huquqlari boʻyicha milliy strategiyani qabul qildik. Oʻzbekiston BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo etib saylangani olib borayotgan siyosatimizning yuksak xalqaro eʼtirofidir.
Chunki har bir jamiyat a’zosining, bo’lajak fuquroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi.
YOSHLAR – YANGI OʻZBEKISTAN BUNYODKORI
Meni doimo oʻylantiradigan, tashvishga soladigan yana bir dolzarb masala bu — yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy saviyasi, bir soʻz bilan aytganda, tarbiyasi bilan bogʻliq. Biz bu yoʻnalishda katta ishlarni amalga oshiryapmiz. Ammo ularning samaradorligini yanada kuchaytirish uchun bir qator masalalarga jiddiy eʼtibor berishimiz zarur.
Xususan, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini rivojlantirish doimiy eʼtiborimiz markazida boʻlishi lozim. Farzandlarimizga moʻljallangan badiiy adabiyotlarni koʻpaytirish va ularning mualliflarini ragʻbatlantirish maqsadida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob”tanlovini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda mualliflarga birinchi oʻrin uchun — 100 million soʻm, ikkinchi oʻrin uchun — 75 million soʻm, uchinchi oʻrin uchun — 50 million soʻm mukofot beriladi.