Yoshlar bilan bevosita ish olib borish nafaqat davlat organlari va muassasalari tomonidan, balki yoshlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatlarining ko‘p tarmoqli ijtimoiy-davlat tizimi tomonidan ham amalga oshiriladi. Yoshlar masalalari bo‘yicha davlat organi qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun sharoitlar yaratadi va buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni oladi, biroq yoshlar bilan bevosita ishlarni, masalan, “xizmatlarni ko‘ngilli ravishda amalga oshiruvchilar” deb nomlanuvchi xususiy, kooperativ, ijtimoiy va boshqa tashkilotlar olib boradilar.

Bugungi kunda OAV tom maʼnoda “Toʻrtinchi hokimiyat”gaaylanib bormoqda. Achchiq gap va tanqidiy materiallar joylardagi koʻplab amaldorlarga yoqmasligi, ularning tinchini va halovatini buzayotgani ham bor gap.
Oshkoralik va soʻz erkinligi bu — davr talabi, bugun Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning talabi.
Xolis va adolatli jurnalist va blogerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda ishlaydigan rahbarlarning faoliyatidagi xato-kamchiliklarni koʻrsatib, ularni ish uslubini oʻzgartirish va masʼuliyatini oshirishga majbur qilmoqda.
Mamlakatimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy institutlar kabi Oʻzbekiston jurnalistikasi ham hozirgi raqamli texnologiyalar davrida yangi shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda.
Axborot va matbuot erkinligi, fuqarolarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirishi, davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi – Yangi Oʻzbekistonning sifat koʻrsatkichlaridan biriga aylandi.
Bu yoʻlni davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri deb bilamiz va qatʼiy davom ettiramiz.