Reja: Yarimo’tkazgichlar. P-n o’tish



Yüklə 125,27 Kb.
tarix08.12.2022
ölçüsü125,27 Kb.
#73158
elektronika


Yarimo’tkazgich diodlar

Reja:
1.Yarimo’tkazgichlar. P-N o’tish.


2.Yarimo’tkazgichli diodlar va ularning turlari.
3.Yarimo’tkazgichli diodlarning qo’llanilishi.
4.Xulosa

Yarimo’tkazgichlar. P-N o’tish.


Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada qoʻllanilib, zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi - kompyuterlardan tortib to uyali aloqa telefonlarigacha barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng qoʻllaniladigan yarimoʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi.
Yarimoʻtkazgichlar — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar (oʻtkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev davriy sistemasida II, III, IV, V va VI guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar. ularning bir qator birikmalari yarimo'tkazgichlar jumlasiga kiradi. Ya.da ham metallardagi kabi elektr oʻtkazuvchanlik elektronlarning harakati tufayli yuzaga keladi.
Yarim o'tkazgichlarning tuzilishi
Misol uchun yarim o'tkazgichning tipik vakili bo'lgan germaniyni qaraylik. Uning tartib nomeri 32 va to'rtta elektron qobig'i mavjud: 1-qobiqda 2 ta; 2-qobiqda 8ta, 3-qobiqda 18 ta, 4- qobiqda esa 4 ta elektron joylashgan. Uchta ichki qobiqdagi elektronlar turg'un bo'lib, kimyoviy reaksiya-larda ishtirok etmaydi. Oxirgi to'rtinchi qobiqdagi elektronlar esa atom yadrosi bilan juda kuchsiz bog'langan. Aynan shu elektronlar elementning boshqa atomlarining nechtasi bilan kimyoviy bog'lanishga kira olish qobiliyatini ko'rsatib, mazkur elementning valentligini aniqlaydi. Shuning uchun ham oxirgi qobiqdagi elektronlarga tashqi yoki valentli elektronlar deyiladi. Tashqi qobig'ida to'rtta elektroni mavjud bo'lgan germaniyning valentligi to'rtga teng. Mazkur atomga boshqa atomlar yaqinlashganida valent elektronlar boshqa atomning valent elektronlari bilan oson ta'sirlashadi va kimyoviy bog'lanish hosil qiladi. Atom qobig'iga ma'lum energiya berilganda atomnig ionlashuvi ro'y berishi mumkin. Aynan so'nggi qobiqdagi elektronni ozod qilish uchun eng kam energiya taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy va yarim o'tkazgichlarning boshqa bir qancha vakillari kristall moddalar hisoblanadi. Ularning atomlari ma'lum qonuniyatlarga muvofiq joylashgan bo'ladi.

Qattiq jism o’tkazuvchanlik turi bilan farqlanuvchi yoki o’tkazuvchanlik turi bil xil bo’lib, solishtirma qarshiligi bilan farqlanuvchi sohalari orasidagi kontakt natijasida hosil bo’ladigan o’tkinchi qatlam elektr o’tish deb ataladi. Yarimo’tkazgich asboblarda elektron – kovak o’tish yoki p - n o’tish deb ataluvchi elektr o’tishdan keng foydalaniladi. Yarimo’tkazgich asboblarning aksariyati bir jinsli bo’lmagan yarimo’tkazgichlar asosida yaratiladi. Xususiy holda, bir jinsli bo’lmagan yarimo’tkazgich monokristallning ma’lum sohasi p – turli, boshqa sohasi n – turli o„tkazuvchanlikni namoyon etadi. Yarimo’tkazgichning p – va n – sohalari chegarasidan ikki tomonda hajmiy zaryad sohasida elektron – kovak o’tish yoki p-n o’tish hosil bo„ladi.

Yarimo’tkazgichli diodlar va ularning turlari.
Diod-(yunon. di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektr od) – bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodi asbob. Еlektrvakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor. Radiotexnika, еlektronika, еnetgetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni almashlab ulashda ishlatiladi. Sanoatda juda ko‘p diodlar ishlab chiqariladi. Ular bir-biridan ko‘rinishi, parametrlari, ishlatilgan materiali, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. Yarimo‘tkazgichli diodlar ikki elektrodli bo‘lib, birining nomi anod, ikkinchisining nomi katod deyiladi. Dioddan faqat bir tomonga tok oqib o‘tadi, ya’ni anoddan katodga, ikkinchi tomonga oqib o‘tmaydi chunki manbaga teskari ulanganda diodning ichki qarshiligi (Ri) juda katta bo‘ladi. Diodlar elektr zanjirda ulanishiga qarab vazifalari belgilanadi.

Elektr toqini bir tamonlama utkazish xususiyatiga ega ekanligidan uzgaruvchan toqlarni to’g’rilashda foydalaniladi. Shuning uchun 1 ta r-n utishga ega bo’lgan yarim o’tkazgichli kurilmaga yarim o’tkazgichli diod deyiladi.


Yarimo’tkazgichli diodlarning qo’llanilishi.


Yarimo’tkazgichli diodlar radioteleapparaturalarda asosan, signallarni o‘zgartirgach, detektor, demodulator, elektr tokining barqaror holatda turishini ta’minlaydi, o‘zgaruvchan tokni to‘g‘irlash maqsadida to‘g‘irlagich ishlatiladi. Ular parametrlari bilan birbiridan farq qiladi, transformator yordamida pasaytirilgan tok diod yordamida to‘g‘irlanadi. Diodlar asosan uch xil kuyish alomatiga ega, chala kuyadi. Qisqa tutashib qolishi yoki uzilib qolishi mumkin, mana shu kuyishi bir necha o‘nlab buzuqlik nuqsonlarini keltirib chiqaradi. HC260 multi-tester asbobi bilan diodlar quyidagicha tekshiriladi. Dioddan bir tomonga tok oqib o‘tadi, shuni inobatga olib tekshiramiz. Om shkalada diodning anodiga musbat shchupni, katodiga manfiy shchupni qo‘yamiz, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘alib, 100E–200E atrofida ko‘rsatadi. Shchuplarning joyini o‘zgartiramiz, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘almaydi. Diod ishlayotgan bo‘ladi, shchuplarni o‘zgartirilganda ikki tomonga ko‘rsatsa qisqa tutashgan, shkala ko‘rsatkichi qo‘zg‘almasa uzilgan bo‘ladi. Bu nuqsonlarni almashtirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.



Yüklə 125,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin