Reja: Yelimlar. Yelim tanlashyelimlashga t Biriktiriladigan detall yuzasini ayyorlash Yelim



Yüklə 0,76 Mb.
tarix15.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#98437
Yelim


Yelimlar. Biriktiriladigan detall yuzasini yelimlashga tayyorlash, Yelim tanlash
Reja:
  • Yelimlar.
  • Yelim tanlashyelimlashga t
  • Biriktiriladigan detall yuzasini ayyorlash

Yelim — asosan suyuqlangan yuqori molekular anorganik, koʻpincha organik moddalar yoki ularning eritmalari. Turli materiallarni bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qoʻshimchalar, mas, toʻldiruvchilar, erituvchilar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, elastifikatorlar boʻladi. 
Qoʻshimchalar yelimning qovushkokligini, qotish tezligini, mustahkamligini, qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yelim suyuk (eritmalar, emulsiyalar, yakka monomerlar), quyuq yoki qattiq (donador, unsimon, ipsimon) boʻlishi mumkin.
Yelimlar oddiy, konstruksion (mashinalar, uchuvchi apparatlar, qurilish konstruksiyalari va boshqani yigʻishda qoʻllaniladigan) va maxsus (yopishkok tasmalar) turlarga ajratiladi. Bundan tashqari, ular tabiiy va sintetik boʻladi. Tabiiy yelim hayvonlar va oʻsimliklar (kraxmal) mahsulotlaridan olinadi.
Aksarisi namlikka chidamsiz, o'z kuchini ancha tez yoʻqotadi, chiriydi. Yogʻoch, qogʻoz va boshqa buyumlarni elimlash uchun qoʻllaniladi. Sintetik yelim (smola) — polimerlar eritmasi, emulsiyasi, shuningdek, erituvchi qoʻshilmagan smolalardan iborat. Namlik, issiq-sovuqqa, har xil temperatura, moylar, suyuq yonilgʻilar, turli zamburugʻlar taʼsiriga yaxshi chidaydi. Metall, chinni, yogʻoch, faner, penoplast, plastmassalar, organik oinalarni elimlash uchun ishlatiladi. Rezina yelim — kauchuklar (tabiiy va sintetik) yoki rezinali aralashmalarning organik erituvchilari (asosan, benzin)dagi eritmasi. Rezinani metallga, yogʻochga, sementga yopishtirishda ishlatiladi
Yelimli birikma - mashina detallari, qurilish konstruksiyalari, mebellar, yengil sanoat buyumlari va b.ning yelim yordamida tayyorlanadigan ajralmas birikmalari. Ye. b. turli xil materiallarni mahkamlashga imkon beradi. Poʻlat, alyuminiy, jez, tekstolit, getinaks, shisha, faner, yogʻoch, gazlama, plastmassa, rezina va b. materiallardan buyumlar tayyorlashda Ye. b. foydalaniladi
Yelimni surtish:
А – goʼshа vа tirnoq; B – uya vа tirnoq.
Taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo‘kkunicha 10-12 soat ivitiladi, so‘ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi.
Yelim qaynatkich bir-birining ichiga qo‘yiladigan ikkita metall idishdan iborat bo‘lib, yelim kuyib ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga yelim solinadi. Yelim qaynatkich taxminan 70-80°C gacha qizdiriladi. Ana shu darajadagi haroratda yelim eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada, kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin.
Yelim qaynatishda qattiq qaynab ketmasligini va uzoq vaqt qizimasligini kuzatib turish kerak. Chunki ana shunday hollarda uning sifati yomonlashadi. Odatda, yelim bir-ikki kunlik ishga yetarli qilib tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa, buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yaramaydi. Yelimning ishga yaroqliligini aniqlash uchun unga bitta payrahani tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib tushsa, sifatli bo‘ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa) ishlatishga yaramaydi. Qattiq (dub, buk va boshqa) yog‘och buyumlarni yelimlash uchun suyuq va yumshoq yog‘och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatiladi. Yelimlangan buyumlarni namgarchilikdan saqlash zarur.
TIRNOQLI BIRIKMALARNI YIG‘ISH VA YELIMLASH UCHUN MOSLAMALAR: (A-YOG‘OCH ISKANJA;
B-RICHAGLI ISKANJA; D-VINTLI ISKANJA).
E’tiboringiz uchun
rahmat!
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin