Reja: Yoqilg‘ining yonish jarayonlari



Yüklə 96 Kb.
səhifə2/3
tarix12.06.2023
ölçüsü96 Kb.
#128875
1   2   3
Yoqilg’ining yonish jarayonlar

Yoqilg‘i namligi. Yoqilg‘ini qazib olish, tashish, saqlash va shu kabilarga bog‘liq ravishda yoqilg‘i namligi o‘zgarib turadi. Masalan, torf uchun 50%, slanetslar uchun 13-17%, tosh-ko‘mir uchun 5-14%, va antratsit uchun 5-8%. Yoqilg‘idagi namlik yoqilg‘i foydali qismini xajmini kamaytirishi jihatidangina emas, balki yonish sohasida bug‘ga aylanishi jihatidan ham zararlidir. Issiqlikning anchagina miqdori bug‘ hosil bo‘lishiga sarflanmagani holda, chiqib ketayotgan gazlar bilan birga chiqadi. Namlik qattiq yoqilg‘i saqlanganda uning o‘z-o‘zidan yonib va uvalanib ketishiga sabab bo‘ladi.
Yoqilg‘i kuli. Yoqilg‘i tarkibida kulning bo‘lishi yonish vaqtida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini kamaytiradi, uskunalarning metall qismlarini yemiradi, o‘txonalarning ishlashini qiyinlashtiradi. Kul tarkibiga asosan ishqoriy metallar tuzlari, temir va alyuminiy oksidlari hamda oltingugurt sulpfati kiradi. Bundan tashqari kulda CaCO3, MgCO3 bo‘lishi mumkin. Yoqilg‘ilar tarkibida kulning miqdori xar-xil bo‘ladi. Masalan quruq yoqilg‘ilar uchun Aq ning qiymati quyidagicha bo‘ladi, %: yog‘och uchun 1, torf uchun  10, toshko‘mir uchun 10-20, qo‘ng‘ir ko‘mir uchun 30, slanetslar uchun 60. Suyuq yoqilg‘i (mazut) tarkibida ham oz miqdorda (0,2-1%) mineral aralashma bo‘ldi.
Uchuvchan moddalar va koks. Qattiq yoqilg‘i havosiz fazoda 870-1070 K temperaturagacha qizdirilganda undan uchuvchan moddalar ajralib chiqadi. Uchuvchan moddalar tarkibiga azot N2, vodorod H2, kislorod O2, uglerod oksidi CO, uglevodorod gazlari CH4, C2 H4 va shu kabilar hamda namlikdan hosil bo‘lgan suv bug‘lari kiradi. Uchuvchan moddalar tarkibi yoqilg‘ini qizdirish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Uchuvchan moddalar yig‘indisi VU ­­­­­­­­­xarfi bilan belgilanadi va faqat yonuvchan massaga taaluqli bo‘ladi. Uchuvchan moddalar slanetsda (VU=90%) va torfda (VU=75%) eng ko‘p bo‘ladi. Qo‘ng‘ir ko‘mirda 40-50%, antratsitda esa 4-6% bo‘ladi.

Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin