Reja Yuzning sohalarga bo’linishi Yuzning chegaralari Yuzning qavatlari



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə4/6
tarix02.01.2022
ölçüsü1,84 Mb.
#45700
1   2   3   4   5   6
yuz-oxta-referat

Q on bilan ta’minlanishi: Yuzning qon bilan ta’minlanishi, asosan, a. carotis externa sistemasi shoxlari: aa. temporalis superficialis, facialis(a.maxillaris externa) va maxillaris(a.maxillaris interna) orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yuzning qon bilan ta’minlanishida a. ophthalmica(a. carotis internadan) ham ishtirok etadi. Yuzning tomirlari yaxshi rivojlangan bir qancha anastomozlar to‘rini hosil qiladi, bu yumshoq to‘qimalarning qon bilan yaxshi ta’minlanishini ko‘rsatadi. Shuning uchun yuz yumshoq to‘qimalaridagi jarohatlar tez bitadi, yuzdagi plastik operasiyalar

n atijasi yaxshi bo‘ladi. Yuzning venalari ikki xil: yuza va chuqur to‘r hosil qiladi. Birinchisi ikkita: yuz va jag‘ orti venalaridan tashkil topgan. Yuz venasi - v. facialis(v.facialis anterior) yuz arteriyasini kuzatib boradi. Uning boshlang‘ich qismi (ko‘zning ichki burchagida) burchak venasi (v. angularis)deb nomlanadi, u yuqori ko‘z sohasi venasi bilan anastomozlashadi. Jag‘ orti venasi - v. retromandibularis (v.facialis posterior)esav. temporalis superficialisva vv. maxillareslarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi, bular tashqi uyqu arteriyasining oxirgi tarmoqlari qon bilan ta’minlaydigan sohalaridan vena qonini yig‘adi. V. facialisqanotsimon chigal bilan v. faciei profundaorqali bog‘langan, u esa og‘iz burchagi to‘g‘risida chaynov muskulining oldingi chetidan o‘tadi. V. facialiso‘ziga v. retromandibularisni qo‘shib olib, v. jugularis internaga quyiladi. Chuqur venoz to‘r, asosan, plexus pterygoideusdan tashkil topgan bo‘lib, pastki jag‘ suyagining shoxi va qanotsimon muskullar orasida yotadi. Bu chigaldan venoz qonning oqimi vv. maxillaresga boradi. Bundan tashqari, qanotsimon chigal miya qattiq qobig‘ining g‘orsimon sinusi bilan emissarlar va ko‘z venasi orqali tutashadi, yuqori ko‘z venasi esa burchak venasi bilan anastomozlashadi. Yuz venalari va venoz sinuslari bilan anastomozlarining ko‘pligi natijasida yuzdagi yiringli jarayonlar (furunkullar, karbunkullar) ba’zan miya qobig‘ining yallig‘lanishi, sinuslar flebiti kabi asoratlarga olib keladi. Limfa tomirlar y uzning medial qismi to‘qimalaridan jag‘ osti va engak osti tugunlariga yo‘naladi. Bu tomirlarning bir qismi lunj tugunlarida (lnn. buccales; faciales pophundi) uziladi. Bu tugunlar lunj muskullarining tashqi yuzasida joylashgan. Bir qismi esa jag‘ tugunlarida (lnn.mandibulares) uziladi. Bu tugunlar chaynov muskullarining oldingi qirrasida, pastki jag‘ qirg‘og‘idan bir oz yuqorida yotadi.

QULOQ OLDI – CHAYNOV SOHASI

(regio parotideomasseterica)



Chеgaralari: yuqoridan – yonoq ravog’i, pastdan pastki jag’ning

pastki qirrasi, oldindan chaynov mushagining oldingi qismi, orqadan

so’rg’ichsimon o’siq va to’sh – o’mrov – so’rg’ichsimon mushakning

oldingi qirrasi, ichkaridan pastki jag’ shoхi va bigizsimon o’simta

bilan chеgaralanadi. Quloq oldi – chaynov sohasining oldingi qismini

chaynov mushaklari (m.masseter) to’ldirib turadi. Bu mushak yonoq

ravog’idan boshlanib, pastga va qisman orqa tomonga yo’nalib, pastki

jag’ burchagiga birikadi.






Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin