Reja: Zamonaviy axloqiy tarbiya haqida tushuncha



Yüklə 11,16 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü11,16 Kb.
#122213
Zamonaviy axloq-WPS Office


Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va
kamchiliklari.
Reja:
1. Zamonaviy axloqiy tarbiya haqida tushuncha.
2. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari.
3. Zamoviy axloqiy tarbiyaning kamchiliklari.
\

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy terbiya berishda har xil


metod va usullardan foydalani-ladi.
Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini
egallab olishi, ularda mada-niy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy
his-tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy
tarbiya metodlari quyidagi guruhga bо‘linadi.
1-guruh: axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini
shakllantirishga qaratilgan metod-lar.
2-guruh: axloqiy his-tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga
qaratilgan yordamchi metodlar.
Hamma guruh metodlari axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsiy sifatlarni
tarbiyalashni ta’minlaydi. Shu-ningdek, kо‘rsatmali, og‘zaki metodlar,
tushuntirishni kо‘rsatish bilan qо‘shib olib borish. Tarbiyachining hikoyasi, о‘qib
berish, axloqiy mavzularda suhbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, о‘qilganlar
bо‘yi-cha), kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar ada-biyoti va hayotdagi
ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy meyor va
qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari о‘rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tu-
shunchalar shakllantiriladi.
Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qо‘yiladi: bolalarning yaxshilik va
yomonlik tо‘g‘risidagi tasavvur-larini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor meyorlari-ni
muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning о‘zlarini faol
qatnashtirish, har bir bola-ning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bо‘lish.
Bolani noо‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish
yaramaydi. Hamma metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda
foydalaniladi.
Har bir metod о‘ziga xos bо‘lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator
misollar orqali kо‘rib chiqamiz. Tushuntirish kо‘pincha bolalarga yangi axloqiy
tushuncha, meyor, qoida bayon qilib borilayotganda ish-latiladi. Tushuntirish
kattalarning jonlya sо‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan: rо‘paradan kelayotgan

tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz tо‘xtab, u


kishining yuziga qarab kulim-sirab «Assalomu alaykum» deyish va yana yо‘lida
davom etish kerak. Tushuntirish va kо‘rsatish tabiiy holda bо‘lishi kerak. Axloqiy
mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma
guruhlarida qо‘llash mumkin. Tushuntirish yorqin bо‘lib, bolalarning his-
hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar
kiradi:
— bolalarda ijobiy-axloqiy hislarni uyg‘ota olish, ertak kahramonlariga
hamdardlik bildirish hamda yutug‘idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgala-
shib achinish;
— bolalarga tushunarsiz bо‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini
ochib berish;
— axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda,
bolalarning о‘z hayoti bilan bog‘liq bо‘lgan joylarda foydalanish. Axloq
mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq meyorlari va qoidalarini, ijo-biy xulq
shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va
meyorlariga nisbatan talab yuzaga keladi.
Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy
sabablarini aniqlab borish kerak. Suhbat jarayonida bolalar о‘z fikr-muloha-zalarini
aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti-harakatini ongli ravishda,
axloq meyorlari va qoidalari doirasida bajarishga urina-dilar.
Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni о‘qib berish, san’at asarlari va
amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqa va ashula eshitish bolalarda es-
tetik hisni uyg‘otadi hamda axloqiy qoida va meyor-larni singdirib boradi.
Amaliy va о‘yin metodlari — о‘yin mashqlar, muam-moli vaziyatlar,
izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli,
sahnalash-tirilgan о‘yinlar inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga rahbarlikni
ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin.

Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustahkamlashga, bolalarda


axloqiy tajribani tо‘p-lashga, axloq meyorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab
olishga yordam beradi.
О‘yin kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy
xо‘lq va odatlarni tarbiya-lashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq
qildirish — foydali odatlarni qaytarish kabi-lar kiradi.
Muammoli vaziyat о‘zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi,
ammo uning о‘ziga xos tomo-ni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon
bо‘lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya — vaziyat (tugallanmagan hikoya)
tavsiya etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida tо‘xtatiladi. Tarbiyachi
bolalarga
hikoyadagi qahramonlar xulqini baholashni tavsiya eta-di. Bolalarning
javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga
kelinadi.
Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni
mustahkamlash bola xulqidagi saibiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida
foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suhbat shakllari qulay bо‘ladi.
Rag‘batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning qо‘shimcha metodi bо‘lib, u asosiy
me-todlarga ta’sir etishning о‘ziga xos vositasi bо‘lib xiz-mat qiladi. Tarbiyachi
boladagi ijobiy xatti-harakatni faollashtirish yoki bо‘lmasa, bolani yomon
qiliqlardan qaytarish uchun rag‘batlantirishdan foydalaniladi.
Bolalar bog‘chasida rag‘batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga
о‘yinda bosh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi
kurgan о‘yinchog‘ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning
bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga
yо‘l qо‘ymaslik.
Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan
iborat:

1. Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashti-rish, ya’ni pedagog va


bolalarning о‘zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan qarashga
asoslanishi kerak.
2. Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish ke-rakki, unda bolaning о‘zi
ijobiy odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yо‘qotishga intilsin.
3. Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asosla-nib amalga oshirilishi zarur.
4. Bolani tarbiyalash uchun yaxshi hissiy muhit yara-tish kerak. Jazolash va
qо‘rqitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bо‘lmaydi.
5. Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga
asoslanish kerak.
6. Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qizi-qarli faoliyatlarni tashkil etish
kerak. Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib,
uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi
faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida ax-loqiy his-
tuyg‘ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qо‘llasa, yaxshi xulq
namunalarini о‘rgatish ancha oson kechadi.

ADABIYOTLAR RO`YXATI



1. О‘zbekiston Respublikasi Konstitutiyasi. T.,О‘zbekiston. 1992.
2. О‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Ta’lim tо‘g‘risida»,
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat” 2008 y.
4. Karimov I. A. Barkamol avlod О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.,
Sharq nashriyot – matbaa konserni, 1998.
5. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T,, 1995.
6. Karimov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida. T., 1997-
7. Karimov I. A. О‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. T., 1998.
8. Karimov I. A. Xalqimizning yuli mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar
yо‘lidir. T., 1996.
Yüklə 11,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin