Reja: Zamonaviy matn muharrirrlari



Yüklə 246,19 Kb.
səhifə2/17
tarix20.11.2023
ölçüsü246,19 Kb.
#166041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-dan 8-mavzugacha konspekt

Grafik dasturlar.
Bunday dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va yaratishga muljallangan. Grafikaga misol qilib rasm chizish, tasvirlarni qayta ishlash, fotosuratlarni qayta ishlash, 3D yoki uch tomonlama ko`rinadigan ob`yektlarni yaratish, badiiy grafika, illyustrasiya yaratish kabi amallarni olish mumkin. Undan tashqari bunday dasturlarda tasvirlardan nusxa olish, tayyor ob`yektlarga o`zgartirish kiritish, uzatish, qabul qilish, kengaytmalarini o`zgartirish, grafo-montajlar qilish hatto matn kiritish kabi amallarni bajarish mumkin.
Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta`minotidir, ya`ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Kompyuter grafikasidan reklamada, multiplikasion filmlarni yaratishda va Web sahifalarni yaratishda foydalaniladi.
Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X, Corel Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D MAX, Diskreet 3DS Max, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation Master, Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi.
Video – audio dasturlar.
Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar, reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda, ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat videomontaj ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli asbobdir. Adobe Premier Effects 6.0 DVD va Web sahifalardagi video maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir. Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI, VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida ko`plab dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO, Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar.

Yüklə 246,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin