Belgilash texnikasi va uskunalari Dasturda ishlash uchun yordamchi ish qurollar sohasidagi tugmalar bilan tanishaylik. U ekranning chap tomonida joylashadi. Agar u ekranda yo’q bo’lsa u xolda Windows (Okna)menyusidagi Panel Instrumentov - Toolbox buyruqni ishga tushirishimiz kerak.
To’rtburchak soha tanlash - Rectangular marquee (turburchakli soha) - [M] - ish sohasidagi faol qatlamda to’rtburchak sohani tanlash.
Aylana soha tanlash - Elliptical marquee (elliptik soha) - [M] - ish sohasidagi faol qatlamda ellips sohani tanlash.
Alohida satr soha tanlash - Single row marquee (piksellar satri) - [M] - ish sohasidagi faol qatlamda bitta satrga teng sohani tanlash.
Alohida ustun soha tanlash - Single column marquee (piksellar ustuni) - [M] - ish sohasidagi faol qatlamda bitta ustunga teng sohani tanlash.
Tanlangan sohaga qo’shimcha soha qo’shish uchun SHIFT tugmasini bosib turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar esa ALT tugmasidan foydalanib soha tanlasak, u holda tanlangan sohadan olib tashlash ma`nosini bildiradi.
Xususiyatlar satrida quyidagilar faol bo’ladi:
SHIFT va ALT - tugmalar harakatlariga o’xshash holatlarni tanlash
Feather- sohasi yordamida tanlangan soha chegaralarini qalinligi.
Style - sohasi yordamida tanlash holatini tanlaymiz. Normal- cheksiz soha, Constrained Aspect Ratio - yonlari ko’rsatilgan proportciyalardagi soha tanlash, Fixed size - yonlari ko’rsatilgan kattaligidagi soha tanlash.
27.10.2023 8-Mavzu: Tasvirlarni boshqarish. O'lcham va uning ko'lami. Bosma uchun ko'lamni o'zgartirish. Tasvirning bosma shakldagi o'lchami (Размер печати) Adobe Photoshop dasturi tasvirning printerda chop qilingandagi ko`rinishini chop qilmasdan awal ekranda ko'rish imkonini beradi. Buning uchun Menyular satrida Изображение menyusi tarkibidagi Размер изображения buyrug'ini tanlanadi. Ammo tasvirning ekrandagi ko'rinishi bilan chop etilgandagi o'lchamlari hamma vaqt ham aynan mos tushavermaydi. Tasvir kattaliklari 0,2% dan 16 000%gacha miqdor o'rtasidagi sonlar bilan belgilanadi. Navigator darchasi bilan ishlash.
Adobe Photoshop dasturida tasvirdagi mayda detallar bilan ishlash jarayonida tasvirni bir necha marta kattalashtirishga to'g'ri keladi. Tasvirga kiritilgan o'zgartirishlar sifatli chiqishi uchun amal Навигатор darchasida bajariladi. Навигатор darchasi, asosan, tasvir o'lchamlarini o'zgartirish va tasvirni boshqarish uchun xizmat qiladi. Agar Навигатор darchasi Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgan chog'da ekranda mavjud bo'lmasa, uni faollashtirish uchun menyular satrida Окно menyusidagi Показать Навигатор buyrug'ini tanlang.
Fotoshop dasturida 4x5 rasm tayyorlash Fotoshop dasturida sizda rasm mavjud bo`lib rasmga kastyum kiydirish fazifasini ko`rib o`tamiz.
Qadam 1. Avavalam bor rasm tanlab olamiz bu yerda o’zimizga kerakli kastyumni tanlab olamiz. Fotoshop dasturida uskunalar panelidagi <inisturment> <pryamolineynoe lasso>.
Shu tarizda ko’chirib olamiz
Qadam 2. Kerakli rasm tanlab fotoshopda ochamiz va shu rasm ustiga kastyumni olib kelib qo`yamiz Ctrl+T bosib rasmni kerakli ko`rinishga olib kelamiz.