Reja: Zamonaviy matn muharrirrlari



Yüklə 246,19 Kb.
səhifə3/17
tarix20.11.2023
ölçüsü246,19 Kb.
#166041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-dan 8-mavzugacha konspekt

Buxgalteriya tizimlari.
Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval dasturlarini, elektron jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida ham bajarish mumkin.Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini bitta tizimda mujassamlanganligi bilan qulaydir.
Nazorat savollari !

  1. Amaliy dasturlar nima?

  2. Matn kiritish dasturlar nima?

  3. Matnli muharrirlarining vazifalarni aytib bering?

Kompyuter grafik dasturlari nima?
15.09.2023
2-Mavzu: Nashriyot tizimlari. PageMaker dasturi va unda ishlash asoslari.
Reja:
1. Dasturning asosiy oynasi va menyusi.
2. Hujjatlar oynasi. Hujjatlarni masshtablash va tasvirlash.
3. PageMaker dasturi uskunalar paneli.
4. Boshqarish palitrasi.
5. Maxsuslashtirilgan palitralar.
Tayanch iboralar: Adobe guruhi, TypeManager komponentalar,PageMaker interfeysi, palitra, boshqaruvch palitra, Templates palitrasi, Tile (Мозаика), Cascade (Каскад), Document Setup, Layout (Макет), Go To Page Adjust Layout (Настройка макета), Fit in Window (Целая страница), Shortcuts (Комбинации клавиш), Instrumentlar palitrasi, Show Control Palette (Показать управляющую палитру), O’lchov lineykalar, yo’naltiruvchilar.
Page Maker Aldus corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir. Aldus firmasining Yevropa bo‘limi 1989- yil sentabrda Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Windows dasturining to‘liq lahjasi bo‘lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi.
Windows muhiti amaliyot tizimning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish mumkin:
 (Point) Ko‘rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko‘chirish;
 (Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo‘yib yuborish;
 (Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish;
 (Select) Biror obyektni tanlash;
 tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko‘chirish (Drag). Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko‘rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko‘chiriladi, so‘ngra sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi.
 matnni sahifaga joylashtirish (Flow).
Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi. PUB kengaytmasi bilan yoziladi. Misol uchun: Sample1.PUB. Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha yordamida ko‘rsatkichni muloqot oynasidagi «|» belgisi ustiga keltirib va sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosiladi. Chap oynada kataloglar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Kerakli katalog nomini tanlab sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi. Nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha ko‘proq avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning umumiy ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik va o‘zgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko‘rinishini tayyorlashda shaxsiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma’quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga iloji boricha oldinroq kiritilgan bo‘lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos joyga qo‘lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
P age Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‘rish va unga bosib chiqarilgunga qadar tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Dastur Пуск - Программы - Adobe— Аdоbе Page Maker 7.0 orqali yuklanadi.
Yangi nashriyot oynasini ochish uchun Fayl (Файл) buyrug’ini bajaring.Document setup (Параметрыстраницы) muloqot oynasi ochiladi. Ochilgan muloqat oynasida o’lchamlarni quyidagicha o’zgartiring:
Shundan so’ng kursorni OK tugmasiga olib boring va bosing.
- Yangi nashriyotga Page size (формат) А4 va Orientation (betni oriyentatsiyasi) - Tall (kitobli).
- Agar nashriyotingiz qog’ozga bir tomonlama chiqariladigan bo’lsa, Options (variantlar) Double-sided (Ikki tomonlama) galochkani olib tashlaymiz, aksincha ikki tomonlama bo’lsa galochka qo’yamiz.
- Ikki tomonlama nashriyotimizga Facing pages (Ugirish) ga galochka qo’yamiz.
- Restart page numbering (Betni yangidan nomerlash) galochka kitobning ba’zi qismlarini chiqarishda ishlatiladi, yani hujjat beti 1 dan boshqa son bilan boshlansa. Restart page numbering (Yangi bet nomeri) galochka qo’ymaymiz.
- Betlar soni (Number of pages) -20.Nashriyotimiz 20 betdan iborat ekanligini ko’rsatadi.
- Start page (birinchi bet nomei)-nashriyotimiz birinchi beti nomeri qo’yiladi. Odatda 1 qo’yiladi.
- Margins (hoshiya) bo’limida tayyorlanadigan nashriyotning pastki, ustki, ichki, tashqi qismidan tashlanadigan hoshiya o’lchamlari ko’rsatiladi.
- Target output resolution (nuqtalar o’lchami) Printeringiz nuqtalar o’lchami qo’yiladi.
- Compose to printer -kompyuteringizga o’rnatilgan printer nomi qo’yiladi.
Kerakli o’lchamlarni kiritib bo’lganimizdan so’ng Ok tugmasiga kursorni olib boramiz va bosamiz, Biz kiritgan o’lchamlar bo’yicha yangi nashriyot oynasi ochiladi:
Rasm. PageMaker hujjat oynasining ko’rinishi.

Yüklə 246,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin