2- MAVZU: Zamonaviy operatsion tizimlar. Tizimli va amaliy dasturlar. Drayverlar. Utilit dasturlar. REJA: Zamonaviy operatsion tizimlar.
Utilit dasturlar.
Tizimli va amaliy dasturlar.
1. OT asosiy vazifasi – foydalanuvchiga qulay interfeys yaratishdir. OT maxsus dastur va mikrodasturlardan iborat bo’lib, ular apparaturadan foydalanish imkonini ta’minlaydi.
Bu OT lar matnlar bilan, elektron jadvallar bilan, internetga murojatda va x.k.lar uchun foydalaniladi. Bunga misol Windows, Linux, Unix, Macintosh va x.k. OTlardir.
OT foydalanuvchidan (yoki tizim operatoridan) ma’lum tilda tuzilgan komanda yoki topshiriqlarni qabul qiladi ish va ularga ishlov beradi. Topshiriqlar operatorlar, matn ko’rsatmalari (direktivalar) yoki monipulyator (m-n sichqoncha yordamida) bajariladigan ko’rsatmalar yordamida beriladi. Bu komandalar, avvalambor, dasturlarni ishga tushirish (to’xtatish, to’xtatib turish) bilan bog’liqdir, fayllar ustidagi amallar (joriy katalogda fayllar ro’yxatini olish, u yoki bu faylni yaratish, nomini o’zgartirish, nusxasini olish, joyini o’zgartirish va x.k.) bilan bog’liqdir, umuman olganda boshqa komandalar ham mavjuddir;
ijro qilinishi kerak bo’lgan dasturlarni operativ xotiraga yuklash;
barcha datsur va ma’lumotlarni identifikatsiya qilish;
dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsessor dasturni boshqaradi);
bajarilayapgan ilovalardan kelayapgan turli so’rovnomalarni qabul qilish va bajarish. OT juda ko’p sonli tizimli funktsiyalarni (servislarni) bajara olishi mumkin, ular bajarilayapgan ilovalardan so’ralishi mumkin. Bu servislarga murojaatlar ma’lum qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin, bu esa o’z navbatida bu OTning amaliy dasturlash interfeysini aniqlaydi (Application Program Interface, API);
barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi;
fayllarni boqsharish tizimlari (FBT) ishini va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishini ta’minlash, bu esa o’z navbatida butun dasturiy ta’minot samarasini keskin ravishda oshiradi;
multidasturlash rejimi, ta’minlash, ya’ni bitta yoki bir nechta dasturlarni bitta protsessorda parallel bajarilishni tashkil etish-bu esa ularni bir vaqtda bajarilishi tasavvurini hosil qiladi;
berilgan xizmat qilish distsiplinalari va strategiyalariga asosan masalalarni rejalashtirish va dispecherlashtirish;
bajarilayotgan dasturlar orasida ma’lumotlar va ma’lumotlar almashish mexanizmini tashkil etish;
tarmoq OT lari uchun, bog’langan kompyuterlar orasidagi muloqotni ta’minlash funktsiyasidir;
bitta dasturni boshqa dastur ta’siridan himoya qilish, ma’lumotlarni saqlanishini ta’minlash, operatsion tizimni o’zini kompyuterda bajarilayotgan ilovalardan himoyalash;
foydalanuvchilarni autentifikatsiya va mualliflashtirish(ko’pgina dialogli OT uchun). Autentifikatsiya – foydalanuvchi nomi va parolini qayd yozuvidagi qiymatga mosligini tekshirish. Agar foydalanuvchi kirish nomi (login) va uning paroli mos kelsa, demak u o’sha foydalanuvchidir. Avtorlashtirish (mualliflashtirish) degani, autentifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchiga ma’lum huquq va imtiyozlar berilib, u kompyuterda nima qila olishi mumkin yoki nima qila olmasligini aniqlaydi;
real vaqt rejimida javob berish vaqti qat’iy chegaralirini qondiradi;
foydalanuvchilar o’z dasturlarini ishlab chiqishda foydalanadigan dasturlash tizimi ishini ta’minlash;
tizimni qisman ishdan chiqishi holatida xizmat ko’rsatish;