Reja: Òzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson huquqining kafolatlari



Yüklə 61,93 Kb.
səhifə2/3
tarix13.04.2023
ölçüsü61,93 Kb.
#97293
1   2   3
inson huquqlari Raxmonova Diyora

13-moddasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi oʻrinda – inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini koʻrish mumkin
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs boʻlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan”.Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bogʻliq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash koʻpincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bogʻliq boʻladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga koʻra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qoʻyilgan.Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanishi lozim.
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasida Inson va fuqorolar. huquq. va erkinliklarini amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir. Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlar inson huquqlarining umumeʼtirof etilgan gʻoyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat gʻoyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yoʻlida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.
Yüklə 61,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin